«hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/8
tarix17.10.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#156565
  1   2   3   4   5   6   7   8
lab.tmj,new1

Andijon mashinasozlik instituti


_____________________________­­­­­­­­­­ kafedrasi


______________________________ yo‘nalishi
_____ gurux talabasi____________________
______________________ ning

«HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI»


fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha
H I S O BO T I



LABORATORIYa IShI № 1
Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarda tabiiy yoritilganlikni aniqlash.
Ishdan maqsad:Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va me`yorlashtirish tartibi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar : Luksmetr Yu-116

Umumiy ma`lumotlar


Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
ko‘zni kam toliqtirish, ko‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta`sir ko‘rsatish;
- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan tabiiy yorug‘likni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bo‘yicha uch turli bo‘lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qo‘llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bo‘lib, sex bo‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bo‘yicha ish yuzlarining lukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, er yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bo‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Yei/, shu vaqtning o‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka et/ nisbati bilan foizlarda o‘lchanadigan kattalikdir.
(1)

Tabiiy yoritilganlik koeffitsientining ishlab chiqarish xonalari uchun qiymati1-jadval



Ko‘zda bajariladigan ishlarning ta`rifi

Ob`yektni ilg‘ab olish mumkin bo‘lgan eng kichik o‘lchami

Ko‘zda bajariladigan ishning razryadi

Tabiiy yorug‘likdagi e ning qiymati, %

Yuqori va kombinatsiya

Yon tomondan yoritilganda

Bajariladigan ishlar:













-yeng yuqori aniqlikdagi

0,15

I

10,0

3,5

-juda yuqori aniqlikdagi

0,15-0,3

II

7,0

2,5

-yuqori aniqlikdagi

0,3-0,5

III

5,0

2,0

-o‘rta aniqlikdagi

0,5-1,0

IV

4,0

1,5

-past aniqlikdagi

1,0-5,0

V

3,0

1,0

-dag‘al

5,0 dan katta

VI

2,0

0,5

-issiq sexlarda o‘z-o‘zidan nurlanuvchi materiallar bilan ishlash

-

VII

3,0

1,0

-texnologik jarayonni umumiy nazorat qilib turish

-

VIII

1,0

0,3

-vaqti-vaqti bilan uskunalar holatini nazorat qilish

-




0,7

0,2

-mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashmagan omborlarda ishlash

-

IX

0,5

0,1

Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti /t.yo.k/ 1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:


- ko‘zda bajariladigan ishning tabiati /ko‘rilayotgan predmetning ko‘zilg‘ay olish kattaligi, masalan yigiruvchi va to‘quvchilari shida ipning yo‘g‘onligi, soasozda soatning mayda qismlari, o‘quvchida sarf o‘lchamlari va boshqalar/.
-yorug‘lik sistemasi;
yorug‘likiqlimi koeffitsienti /bu kattalik binoning joylashganmintaqasiga bog‘liq/.
kungaylik koeffitsienti /bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab tushganligiga bog‘liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bo‘lsa - kungay tomon deyiladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti eksperimental o‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun luksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /YeI/ va tashqi /YeT/ yoritilganligi gorizontal tekislikda o‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik o‘lchanganda luksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.
Kerakli asboblar va moslamalar.
Luksmetr Yu-116 cho‘g‘lanma lampalar va tabiiy yorug‘lik orqali hosil bo‘lgan yoritilganlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangandir (1- rasm.).
Luksmetr - o‘lchov asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor. Biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha o‘lchashga mo‘ljallangan.
Har bir shkalada nuqtalar bilan o‘lchov diapazonining boshlanishi ko‘rsatilgan; 0-100 shkalasida bu nuqta 20 belgisining, 0-30 shkalasida esa 5 belgisining ustida joylashgan. Asbob strelkaning nol holatiga keltirish imkonini beruvchi korrektorga ega.
Selenli fotoelmentning asbobga ulash joyi, korpusning yon devorida joylashgan.
Fotoelement plastmassadan yasalgan korpus ichida bo‘lib, o‘lchovchi asbobga rozetkali shnur yordamida birikadi, bu o‘z navbatida birikish polyarligi to‘g‘ri bo‘lishini ta`minlaydi (mabodo teskari ulansa asbob ko‘rsatmaydi).
Asbobiing xatosini kamaytirish maqsadida, fotoelement, yorug‘lik tarqatuvchi oq, plastmassadan ishlangan yarim sfera shaklidagi qoplama va shaffof bo‘lmagan plastmassa halqa bilan ta`minlangan. «K» xarfi bilan belgilangan qoplama alohida qo‘llanmay, "M", "R", "T" harflari bilan belgilangan qoplamalardan biri bilan birgalikda qo‘llanadi.
Bu uch qoplamadan har biri "K" qoplamasi bilan birga uchta yorug‘lik - yutuvchi hosil qiladi. Bundan maqsad, asbobning o‘lchash diapazonini mos ravishda 10, 100, 1000 marta oshirishdir.
Asbobni ishga tayyorlash maqsadida uni gorizontal holatga strelkani esa nol holatiga keltiring. Bu ish fotoelement asbobdan uzib qo‘yilgan holatda bajariladi.
O‘lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash quyidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan o‘lchov diapazonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, o‘ng tomondagi tugma bosilsa uning qarshisida 10 karrali o‘lchash diapazonlarining eng katta qiymatlari ko‘rsatilgan /0 dan 100 gacha/ bo‘lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa /uning qarshisida 30 karrali o‘lchash diapazonining eng katta qiymatlari ko‘rsatilgan/ 0 dan 30 gacha bo‘lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan o‘qilgan qiymatlarni "M", "R" va T" qoplamalarida ko‘rsatilgan kamaytirish koeffitsientlariga ko‘paytirish kerak.
Masalan, fotoelementda "KR" qoplamasi o‘rnatilgan va chap tugma bosilgan, strelka 0-30 shkalasining 15 raqami ustida o‘lchangan yoritilganlik 5x100 = 1500 lk bo‘ladi.
Luksmetrni uzoq vaqt to‘g‘ri ishlashini taminlash uchun selenli fotoelementini ortiqcha yoritilganlikdan asrash qoplamalarining to‘g‘ri tanlanishiga ahamiyat berish talab etiladi. Shu maqsadda o‘lchanayotgan yortilganlik qiymati noaniq bo‘lsa o‘lchashni eng katta diapazonli "KT" qoplamasidan boshlash kerak.


1-rasm. Luksmetr Yu-116 1 – fotoelement; 2 – galvanometr; 3,4,5,6 – yutuvchi nasadkalar (K,T,R,M)
Ishni bajarish tartibi
1. Luksmetr Yu-116 ning tuzilishi bilan tanishib chiqing.
2. Laboratoriyada derazadan 1,2,3,4,5m masofalarla poldagi belgilar bo‘yicha
yoritilganlikni o‘lchang. Bunda stol balandligida (0,8 m) fotoelement yuzasini tepaga qaratib polga parallel holda ushlang. Shu vaqtining o‘zida tashqaridagi yoritilganlik ham o‘lchanadi.
3.Formula /33/ bo‘yicha o‘lchangan beshta nuqtaning har biri uchun tabiiy
yoritilganlik koeffitsientini hisoblang.
Olingan qiymatlar bo‘yicha uning o‘zgarish grafigini chizing.
9 - jadvaldan foydalanib, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qiymati va
yoritish sistemasi bo‘yicha oynadan 1, 2, 3 m va h. k. uzoqlikda bajariladigan
ishning turi va razryadini aniqlang.
Chiziqning yo‘g‘onligi 0,7 mm bo‘lganda oynadan 2 m masofada chizmachilik
ishlarini va mikrometr shkalasining bo‘limlari qalinligi 0,7 mm bo‘lganda
derazadan 4 m masofada o‘lchov ishlarini bajarib bo‘ladimi?
Olingan raqamlarni va qilingan xulosalarni laboratoriya ishiga oid
hisobotingizga yozing.
Topshirish savollari
1. Sexlardagi yoritilganlik qaysi kattaliklarla o‘lchanadi?
Javob: lyumen, luks, %, luks/m2, m2/lk.
2. Yoritilganlik qaysi asbobda o‘lchanadi.
Javob: katatermometr, voltmetr, ampermetr, luksmetr, elektrometr.
3.Tabiiy yorug‘lik turlarini ko‘rsating.
Javob: Yuqoridan, Umumiy, Lokallashtirilgan, Yon tomondan, Mahalliy, Bir tekis, Aralash, Notekis
4.Tabiiy yoritilganlik koeffissentini aniqlash formulasiniko‘rsating?
Javob:

5.Luksmetr asbobining ishlash prinsipi
Javob: ionlar, fotoelektr, ximiyaviy,yelektro-statik, gravitatsiya.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin