Hayot faoliyati xavfsizligi


Modul 6. XX ob’ektlarini barkaror ishlashini ta’minlash



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə14/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
1.хфх марузаси

Modul 6. XX ob’ektlarini barkaror ishlashini ta’minlash
asoslari.
Reja.

  1. FV larda XX tarmoklarini barkarorligi.

  2. XX tarmoklarining barkaror ishlashini oshirish omillari.

Tayanch iboralar Tabiiy ofatlar, fojialar,avariyalar, qirg’in qurollari, xomashyo, yoqilgi, gaz, suv, elektr quvvati
Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalaridan biri xalq xo’jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taьminlashdir.Favqulodda Vaziyatlarda xalq xo’jaligi tarmoqlari barqarorligi deyilganda, ularning rejalashtirilgan miqdorda sifatli mahsulotlarni ishlab-chiqarish yoki biror avariya natijasida shikastlangan ishlab-chiqarish korxonalarida juda qisqa vakt ichida kayta tiklash ishlarini amalga oshirish tushuniladi.
Xalq xo’jaligi tarmoqlarini barqaror ishlashiga qo’yidagi omillar taьsir etadi:
-Tabiiy ofatlar, ishlab-chiqarish avariyalari, fojialardan hamda umumiy qirg’in qurollarining birlamchi va ikkilamchi taьsir omillaridan ishchi xizmatchilarni muhofaza qilish;
-Ishlab-chiqarish korxonalarini kerakli materiallar bilan (xomashyo, yoqilgi, gaz, suv, elektr quvvati) barqaror taьminlash.
-Ishlab-chiqarish va fuqarolar muhofazasini barqaror hamda surunkali boshqarish.
-Ob’ektlarning ishlab-chiqarish tarmog’i buzilgan joyida TKVTI ning tiklash ishlarini boshqarish darajasi.
Yuqoridagi omillar nafaqat inshootlarning barqarorligini taьminlaydi, balki ularning darajasini ham oshiradi. SHu sababdan ham hozirgi davrda tinchlik davrdagi favqulodda vaziyatlarda sanoat ishlab-chiqarish tarmoqlarining barqaror ishlashini taьminlash katta ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda xalq xo’jaligi tarmoqlarining. barqarorligiga 5 ta asosiy omillarni qo’llash orqali erishish mumkin:
a)o’z vaqtida ogoxlantirish;
b)himoya inshootlaridan foydalanish;
v) shaxsiy ximoya vositalari va tibbiy vositalardan foydalanish;
g) xomashyo, materiallar, elektr quvvati, gaz, suv bilan taьminlash.
Favqulodda vaziyatlarda xalq xo’jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taьminlash yo’llari va usullari turli xilda bo’lib, har bir korxona bajaradigan ishlarning xususiyatlariga qarab olib boriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy jihatdan eng qulay yo’lni tanlab, har bir korxona o’z inshootini fuqarolarni muhofaza qiluvchi ob’ekti sifatida, vaziyatni har tomonlama muhokama etib, keyin uning barqaror ishlashini taьminlash yo’li va usulidan foydalanishi kerak.
Tinchlik davrida ishlab-chiqaruvchi va ishlab-chiqarmaydigan inshootlarning barqarorligini oshirish qo’yidagi omillardan iborat:
-Yadro qurollarining birlamchi va ikkilamchi taьsirlaridan hamda tabiiy ofat, ishlab- chiqarish avariyalari va fojialaridan ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarni muhofaza qilish;
-Moddiy texnikaning ishonchli taьminotini boshqarish;
-Inshootlarni yorug’likdan berkitish;
-Favquloddagi Vaziyatlarda shikastlangan ishlab-chiqarishni tiklash va uni alohida ish rejimiga o’tkazish;
SHularning ichida ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilishning eng ishonchli omili, bu xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi inshootlar chidamliligini oshirish hisoblanadi. SHu maqsadda himoya inshootlari tayyorlanadi. Uzluksiz ishlaydigan ishlab-chiqarish joylarida shaxsiy himoyalovchi boshpanalar qurilib, bunda texnologik jarayonlar shu inshootlardan turib boshqariladi. Bundan tashkari xar kanday FV larda tizimlar tarkibida kutkaruv xamda tiklash ishlarini tashkil kilinadi. Bundan tashkari FM xizmatini tashkil kilishda kuyidagi xizmatlarni tashkil etiladi; yonginga karshi xizmat, aloka xizmati, muxandislik xizmati, sokchilar xizmati, tibbiyot xizmati, kammunal xizmati, transport va texnika xizmati, energetika xizmati, ozik- ovkat xizmati, xayvon va usimliklar ximoyasi xizmati. Kishloklarda FM xizmatlarini tashkil kilishda xam xudi shu strukturadan iborat vazifalar bajariladi. XX korxonalari FM ning asosiy tarmoklari xisoblanadi. FM utkazadigan barcha tadbirlar shu korxona buyniga yuklatiladi. Tadbirlarni utkazilishiga korxona boshligi jovobgarlik kiladi. FM ni tashkil etishda korxonalarda xarbiylashtirilmagan birikmalar tuziladi, birikmalar tarkibiga 60 yoshgacha bulgan ishchilarni jalb kilinadi. Katta korxonalarda esa saralangan otryadlar tuziladi. Oliy va urta ta’lim ukuv yurtlarida esa kutkaruv birikmalari xizmati tashkil etiladi. Buni tuzishda 9-11 sinf ukuvchilarini jalb kilinadi.Ular ishtirokida kutkaruvchilar va sanitar drujinachilar guruxlari tuziladi.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin