Kimyoviy razvedka asboblari. Hozirgi zamon zaharli moddalarni aniqlash uchun kimyoviy razvedkaning qo’shin asbobi (VPXR); meditsina va veterinariya xazmatlari kimyoviy razvedkasi asbobi (PXR-MV); meditsina dala himiya laboratoriyasi (MPXL), avtomatik gazsignalizator (GSP-11), lar qo’llaniladi.
Kimyoviy razvedkaning qo’shin asbobi (VPXR) havoda joylarda, texnikada zarin, zamon, iprit, fosgen, difosgen, sinil kislotasi kabi zaharli moddalarni havoda borligini aniqlashga mo’ljallangan.
Meditsina va veterinariya xizmatlari kimyoviy razvedka asbobi-(PXR-MV)-bu asbob suvda, yem-hashakda, oziq-ovqatlarda, havoda va har xil predmetlarda zarin, zamon, vi-gazlari, iprit, lyuizit, xlortsian, sinil kislotasini aniqlash uchun mo’ljallangan. SHuningdek suv, tuproq va boshqa materiallardan yuqumli kasallik tug’diruvchi turini aniqlash, ularning namunalarini laboratoriyaga jo’natish imkonini beradi.
Meditsina dala ximiya laboratoriyasi (MPXL) yordamida zaharli moddalar alkaloidlar, og’ir metal tuzlarni aniqlash mumkin.
Avtomatik signalizatorlar (GSP-11) havoni to’xtovsiz nazorat qilib, unda fosforoorganik zaharli moddalar miqdorini aniqlash uchun mo’ljallangan. Dushman tomonidan kimyoviy qurol ishlatilaganda havo va maydonlardan tashqari muhit va ob’ektlar, suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurol -yarog’, jangovar texnika, tibbiy ashyolar va boshqalar zaharlovchi moddalardan zararlanishi mumkin. SHu sababli zaharlovchi moddalar qo’llanilganligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Kimyoviy razvedka-turli ob’ektlarda zaharlovchi moddalar bor-yo’qligini aniqlash muhim tadbirlar majmuasidan iborat bo’lib, bu ish kimyo, tibbiyot va boshqa harbiy qism bo’linmalari tomonidan olib boriladi.
U xuddi radiatsiya razvedkasi singari kimyo xizmati tarafidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Kimyoviy razvedka va radiatsion razvedka doimo harbiy qism bo’linmalarida hamda tibbiy xizmat qismlarida birgalikda va to’xtovsiz olib boriladi.
Kimyoviy razvedkaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-qo’shinlar joylashgan joylardagi zaharlovchi moddalarni aniqlash va "Kimyoviy trevoga" signalini berish;
-zararlangan joylar chegarasini aniqlash, shu joylarga "Zararlangan" degan ogohlantiruvchi belgilarni qo’yish (ogohlantiruvchi belgilarga qo’llanilgan zaharlovchi moddaning turi, aniqlangan vaqti va kuni zararlangan joyni aylanib o’tish yo’nalishi ko’rsatilishi kerak);
-zaharlovchi moddalar buluti harakati yo’nalishini kuzatib borish;
-zaharlovchi moddaning turg’unligiga qarab kimyoviy zararlanish o’chog’ida nazorat ishlarini olib borish;
-to’liq sanitariya yoki degazatsiya ishlarini o’tkazish uchun zaharlovchi moddani turli ob’ektlarda aniqlash;
-zaharlovchi moddalar qo’llanilgan joylardan tuhlil qilish uchun namunalar olish.
Tibbiyot va veterinariya xizmatida ishlatiladigan PXR-MV markali kimyoviy razvedka asbobi.
-suvdagi zarin, zoman, iprit, trixloretillarni, xloritsian, tsianid kislota va uning tuzlari, tarkibida margimush bo’lgan (lyuzit va boshqalar) zaharlovchi moddalarni, alkaloidlarni va og’ir metall tuzlarini aniqlash;
-em-xashakdagi zarin, zoman, iprit, trixloretillarni, lyuizit, tsianid kislota, mishyakli vodorod, fosgen va difosgenni aniqlash;
-havodagi va turli narsalardagi zarin, zoman, iprit, trixloretillarni, lyuizit, tsianid kislota, mishyakli vodorod, fosgen va difosgenni aniqlash uchun mo’ljallangan asbob.
Bundan tashqari, asbob suv manbalari, oziq-ovqatlar, yer va boshqalar bakterial vositalardan zararlanganligiga shubha qilinganda ulardan namunalar olish uchun turli moslamalar bilan jihozlangan.
6-rasm. Tibbiyot va veterinariya xizmatida ishlatiladigan (PXR-MV) razvedka asbobi.
Tibbiy kimyoviy razvedka asbobi MPXR
Tibbiy kimyoviy razvedka asbobi ehtimolli dushman tomonidan zaharlovchi moddalar qo’llanilganda suv manbalari, sochiladigan ovqatlar va yem-hashakning zaharlanganligini aniqlash uchun mo’ljallangan. Ushbuasbobyordamida:
-suvdagizarin, zoman, vi-gazlari, iprit, bi-zet, tarkibidamargimushbormoddalar, tsianidkislotavauningtuzlari, zashharlovchimoddalari, fosfororganikpestitsidlarni, alkaloidlarvaog’irmetalltuzlari;
-sochiladiganoziq-ovqatlardagivaem-hashakdagi zarin, zoman, vi-gazlarivaipritzaharlovchimoddasi;
-havodagi, joylardagivaturlixilbuyumlardagizarin, zoman, vi-gazlari, iprit, bi-zet, fosgen vadifosgenzaharlovchimoddalarianiqlanadi.
Asbob yordamida dala sharoitida 100-120 ta tahlil o’tkazish mumkin.
7-rasm. MPXR markali kimyoviy razvedka asbobi. Kimyoviy razvedka asbobi yordamida suv, oziq-ovqatlar, tuproq va turli xil buyumlarning zaharlovchi moddalar, radiaktiv moddalar va bakterial vositalardan qay darajada zararlanganligini aniqlash mumkin.