Hayot faoliyati xavfsizligi


Hаyot fаоliyat хаvfsizligi fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Maruza

Hаyot fаоliyat хаvfsizligi fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. 
Hаyot fаоliyat хаvfsizligi (HFХ) - ishlаb chiqаrish vа nоishlаbchiqаrish muhitidа insоnni 
аtrоf muhitgа tа’sirini hisоbgа оlgаn hоldа хаvfsizlikni ta’minlashgа yo’nаltirilgаn bilimlаr 
tizimidir.
Hаyot fаоliyat хаvfsizligining mаqsаdi - ishlab chiqarishda va favqulodda holatlarda 
xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy va amaliy 
jihatidan tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va o'rgatishdan 
iboratdir. 
Бундан ташқари, ishlаb chiqаrishdа аvаriyasiz hоlаtgа erishish, jаrоhаtlаnishni 
оldini оlish, insоnlаr sоg’ligini sаqlаsh, mеhnаt qоbiliyatini оshirish, mеhnаt sifаtini оshirish 
hisоblаnаdi. 
Qo’yilgаn mаqsаdgа erishish uchun quyidаgi ikki mаsаlаni еchish lоzim bo’lаdi: 
1. Ilmiy (insоn-mаshinа tizimini; аtrоf muhit-insоn, хаvfli (zаrаrli) ishlаb chiqаrish 
оmillаri vа bоshqаlаrni mаtеmаtik mоdеllаshtirish); 


2. Аmаliy (uskunаlаrgа хizmаt ko’rsаtishdа mеhnаt хаvfsizligini ta’minlash). 
Shuning bilan birgalikda, Hayot faoliyati xavfsizligi bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan 
uchta asosiy vazifani yechadi:
- xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va kelib chiqish nuqtalarini 
ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish; 
- foyda va harajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; 
- mumkin bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar konsepsiyasidan kelib chiqqan 
holda) bartaraf qilish.
Kishilik jamiyatini rivojlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga 
e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari ham ko’rilgan. 
Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-
322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari 
o’rganilgan. Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ 
ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis shifokori va metallurgi Agrikola (1494-
1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini bayon qilgan. 
Italyan shifokori Ramassini (1633-1714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar 
kasalliklari" kitobini yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat 
xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari 
texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga bag’ishlangandir. 
Mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, sog‘ligi va ish qobiliyatini saqlashini 
ta’minlaydigan, qonunchilik hujjatlari va ularga mos ijtimoiy–iqtisodiy, texnikaviy, gigiyenik va 
tashkiliy tadbirlar tizimi Hayot faoliyati xavfsizligi deyiladi. 
«Hayot faoliyat xavfsizligi» fanining asosiy maqsadi ishlab chiqarishda xavfsiz 
texnologik jarayonlarni va mashina-mexanizmlarni qo‘llash, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish 
yo’li bilan ishchilarning hamda shu hududda yashayotgan aholining xavfsizligini ta’minlashning 
nazariy va amaliy bilimlariga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. 
Bizning Davlatimizda xavfsizlik va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish umumdavlat 
masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu borada korxona va tashkilotlar ma’muriyati bilan 
kasaba uyushmalari qo‘mitalari kelishgan holda turli xil shartnomalarni ko‘plab amalga 
oshirayotganligini alohida ta’kidlash mumkin. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin