Hayot faoliyati xavfsizligi


Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix24.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#89558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Maruza

Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni
Xavf - hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon
va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay 
darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi. 
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida 
joylashtirgan hamma tizimlarni, hamda ishni hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan 
tavsiflarini o'zida saqlaydi.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Identiflkatsiya 
jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning 
paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’lchamlar 
aniqlanadi. 
Taksonomiya - bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va 
tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish degan 
ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir. Faoliyat 
xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol 
o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi. 
Hozirgi kungacha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu 
o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi. 
Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko'ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so'zlar ro'yxatidir. 
Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida quyidagicha 
keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, 
dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, ifloslanish, ichkilik kasalligi, 
kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, momaqaldiroq, 
meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, plusatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog'aymoq, 
saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf, 
.charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro. 
Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish, 
sexlar, ishjoylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin