Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə103/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
Hayot faoliyati

202



XI bob. SANOATDA XAVFSIZLIK VOSITALARI

Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko'tarish kranlari, ish bajarish konveyerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu yerda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug'dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi hech gap emas. Bu mexanizmlaming ba’zi birlari detallami qirqish, ulaiga shakl berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og‘ir ishlarni yengillashtirish vazifalarini bajaradi.


Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan stanoklami ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta’sirida bug'lanishi havo muhitini ifloslanishiga, shuningdek, havo namligini oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib kelishidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi. Bundan tashqari detallaiga ishlov berilgandan keyin hosil bo'ladigan qirindilar va ularni yig‘ib, chiqindisiz jarayonni tashkil qilish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning asosiy omillari hisoblanadi.


Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlik sanoati korxonalari ishchilarni baxtsiz hodisalarga olib keladigan manbagina bo'lib qolmasdan, balki havo muhitini ifloslantirib, tevarak-atrofda yashovchilar uchun ham ma’lum xavf tug'diradi.


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo'li sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir.


Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchilarni og'ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish





203

imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda boshlangMch xomashyoni ishlatish uchun uzluksiz uzatish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, eng ishchi uchun xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg'alash, presslash ishlari va boshqalami mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv moddalar bilan bog‘liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib qo‘yish kerak.


Zamonaviy texnologiyalarda ko‘pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli boMgan ishlar, masalan, eritilgan metallami har xil qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo'yashga tayyorlash ishlari, bo‘yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlami robotlar bajaradi. Bundan tashqari, ogMr yuklarni ortish va tushirish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilgan.


Avtomatlashtirilgan tizimlaming ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlami tayyorlash va o'rnatish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, ularning tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlatilayotgan joylaiga yaqin joylashgan uchastkalarda ishlayotganlar uchun ham ma’lum xavf tug'diradi.


Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlami hisobga olish va xavfsizlikni ta’minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak.


Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashti-rishdir. Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur boMgan ish robotlar zimmasiga yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan boMadi. Sexni boshqarishni ta’minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi. Ilg'or sanoat korxonalaridagi ba’zi bir sexlar bizda ham, shunday avtomatlashtirish tizimiga oMkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun mashinasozlik tarmogMni avtomatlashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa boMganligi uchun biz uning umumiy usullarini ko‘rib chiqamiz.



204

XI. 1. Xavfsizlikni ta ’minlovchi asosiy shartlar

Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina va mexanizmlarga qo'yiladigan asosiy talablar, ularning ishchilar uchun xavfsizligi, ishlatishda pishiq va mustahkamligi hamda ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning xavfsizligi standart tizimlari bilan belgilanadi.


Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o'rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg'unlashib ketishi kerak. Shuni hisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha ko'proq masalalarni yechishga xizmat qilsin. Masalan, stanokka o'rnatilgan xavfsizlikni ta’minlash qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to'sig'i bo'lib qolmasdan, balki shovqinni kamaytiruvchi vosita bo'lib xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblami charxlash qurilmasini ko'rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini ta’minlovchi qurilma bir vaqtning o'zida shamol yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga mo'ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi. Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan qozonlar, kompressorlar, nasoslar va boshqalar ishlatilayotganda sanoatda xavfsiz ish olib borishni ta’minlash qo'mitasi maxsus talablarini bajarishi shart.
Ma’lumki, sanoat korxonalari mashina va mexanizmlari elektr tokining asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Bu ularning elektr toki ta’sirini yo'qotuvchi elektr xavfsizligi masalalarini nazarda tutish kerakligini taqozo qiladi. Shuningdek, sex uchastkalarida o'rnatilgan stanoklar elektromagnit to'lqinlari, radioaktiv moddalar ta’sirida bo'lishi mumkin, albatta bulardan saqlanish chora-tadbirlari ko'rilishi o'z-o'zidan m a’lum. Bu zararliklar va xavfli holatlarga havo muhitini zararlantiruvchi va ifloslovchi bug', changlar va gazlarni hisobga olish kerak bo'ladi.

Mashina va mexanizmlaming xavfsizligi ularni ta’minlashga ishlatiladigan materialning mustahkamligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham bunday stanoklarni tayyorlashda ularning ishchi organlariga ishlatiladigan material mustahkamligiga alohida ahamiyat beriladi. Bundan tashqari har xil detallarni qirqish, silliqlash borasida ularni ushlab turish qurilmalarining pishiqligiga





205

va har qanday favqulodda holatlarda ham detalni qo‘yib yubormasligini ta’minlash imkoniyatini berishi kerak. Stanoklarning mustahkamligi ularni tashkil qilgan qismlar mustahkamligiga


bog‘liq bo'ladi. Masalan, har qanday mexanizmning mustahkamligini uning biriktiruvchi qismlarining mustahkamligisiz tasawur qilib bo'lmaydi (masalan, gayka, bolt va boshqalar). Bundan tashqari stanoklarning tashqi tomonidan zararlanib, mustahkamligini yo'qotib qo'yishi mumkin bo'lgan omillarni hisobga olish kerak (masalan, o'z vaqtida moylash, bo'yoq ko'chib ketishi natijasida zanglash va h.k.).

Mashina va mexanizmlaming puxta ishlashini ta’minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir. Ba’zi bir hollarda avtomatik boshqarish tizimi ishlamay qolishi mumkin. Unda umuman texnologik jarayonni boshqarish ishlayotgan ishchi zimmasiga tushadi va uning xavfsizligi to'liq boshqaruvchi kishi mahoratiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham sanoat jihozlarini loyihalashda, bu jihozlarni boshqarishi kerak bo'lgan operator imkoniyatlarini ruhiy va fiziologik jihatlarini hisobga olish kerak bo'ladi.


Albatta bir necha o'nlab shkala, signal va boshqa belgilarni yuboruvchi nazorat-o'lchov qurilmalari holatini hisobga olish va
kerakli ko'rsatmalar bilan ta’minlab, texnologik jarayonni to'xtovsiz davom ettirish ishchidan katta mahorat talab qilishi bilan birga uni kuchli toliqishga va ma’naviy charchashga olib keladi. Shuning uchun ham mashina va mexanizmlaming boshqarish organlari aniq ko'rinadigan, yengil boshqariladigan va farqlash oson qilib joylashtirishga katta e’tibor beriladi. Ularni stanokni o'ziga yoki bo'lmasa, stanokdan birmuncha olislikda joylashtirilgan boshqarish markaziga joylashtiriladi. Sanoat korxonalariga o'rnatiladigan jihozlar tartib bilan joylashtirilishi, ko'zdan kechirish uchun qulay, moylash, qismlarga ajratib ta’mirlash, sozlash, bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish va boshqarish oson bo'lishi kerak. Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishchilaming charchashiga faqatgina jismoniy va asabiy charchashgina ta’sir qilib qolmasdan, balki m a’naviy charchash ham qo'shilib ketishi mumkin. Shuning uchun sexlarda o'rnatilgan mashina-mexanizmlarining har xil ranglarga bo'yash, korxona devorlarini mashina ranglari bilan mutanosib bo'yashga erishish katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin