Hayot faoliyati


Kasaba uyushmasining texnik nazorati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə112/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161
Hayot faoliyati

Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat korxonasiga kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi biriktirib qo'yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini ku-zatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifa-lari qatoriga baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona m a’muriyati tomonidan to'g'ri olib borilayotganligini ku-zatib borish, o'lim bilan tugagan hamda og'ir va bir guruh, ki-shilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini tekshirishga qat-nashadi va tekshirish materiallari bo'yicha baxtsiz hodisaga aybdor bo'lganlar haqidagi m a’lumotlami, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo'natish ham kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va yangi korxonalami qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat qabul komissiyasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.
O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati. Bu nazoratning asosiy vazifasi kon ma’dan sanoati, neft qazib chiqarish, metallurgiya, geologiya-qidiruv na-



226

zoratidan tashqari, 70 kPa (0,7 atm) dan ortiq bosimda ishlaydigan bug' qozonlari va idishlarni, 115 °C dan ortiq haroratdagi suv isitish qozonlari, bug va issiq suv o'tkazish quvurlari, yuk ko'tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yo'llar ishlarini nazorat qillish. Shuningdek, ular qozon va ko'tarish qurilmalarini hisobga oladi, foydalanish uchun ruxsat beradi, texnik jihatdan xizmatga yaroqli ekanini tasdiqlaydi.

Respublika sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati xodimlari kapital qurilish korxonalarini va yangi sanoat uskunalarini qabul qilish va foydalanish uchun topshirishda davlat komissiyasi qatorida


qatnashadi. 4^


Nazorat olib borayotgan korxonada yuz bergan o'lim bilan tu - gagan, og'ir va guruh bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tek-shirishda qatnashadi.

Sanitar nazorati. Davlat sanitar nazorati 0 ‘zbekiston Respub-likasi sog'liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Sanitar nazoratinir.s asosiy vazifasi tashqi muhitning (suv xavzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bi­ lan ifloslanmasligini kuzatib boradi, shuningdek, sanoat korxonalarining sanitariya-gigiena holatini va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshiradi.


SES xodimlari kapital qurilish muassasalarini qabul qilishda qatnashadi, sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va zaharlanish hollarini tekshiradi, ma’muriyat bilan birga ulami bartaraf etish, oldini olish .tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.


Energetika nazorati. Davlat energetika nazorati energetika va elektrlashtirish sanoati vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning asosiy vazifasi elektr va issiqlik kurilmalaridan to'g'ri foy-dalanishni kuzatish va ularning xavfsiz ishlatilishini ta’minlash borasidagi chora- tadbirlaming amalga oshirilishini kuzatib borish-dan iborat.


Nazorat vazifalarini amalga oshirish, yo'l qo'yilgan kamchilik-larni tuzatish hamda aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida yuqorida ko'rsatilgan nazorat tashkilotlari quyidagi hu-quqlarga egadirlar:


1. Running xohlagan vaqtida sanoat korxonasi maydoniga hech qanday qarshiliksiz kirish, xohlagan qismini ko'zdan ke-chirish.





  1. M a’muriyat va sex xodimlaridan mehnatni muhofaza qil-ishga, ishchi va xizmatchilaming mehnat sharoitini yaxshilashga taalluqli boMgan hujjat, ma’lumotnoma va boshqa materiallami ta-



227

lab qilib olish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ularga ma’muriyat xodimlarining e’tibor berishlarini talab qilish.





  1. Mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini bajarishda yo‘l qo'yilgan kamchiliklami tugatish uchun ma’muriyat va ba’zi bir rahbar shaxslarga ko'rsatmalar berish hamda ulami bartaraf qil­ ish muddatlarini belgilash.




  1. Ish olib borilayotgan maydonlarda ishchilarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan omillar, ayrim mashina va mexanizmlardan jarohatlanish yoki shu chegarada ishlash natijasida ishchi biror kasb kasalligiga chalinib qolishi ehtimoli bo‘lsa, ishni to‘xtatishi, agar zarurat tug'ilsa, ish olib borayotgan korxonaning ishini to'xtatishi mumkin.




  1. Mehnat qonuniyatlarini, xavfsizlik texnikasi va sanoat sani-tariyasi mezon va qoidalarini buzgan va jamoa bitimida ko‘rsatilgan ish sharoitini sogMomlashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ba-jarmagan ma’muriyat xodimlarini javobgarlikka tortish.

Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi norma hamda qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek, sanoat korxonasida baxtsiz hodisalarning kelib chiqishini va kasb kasallik-larining kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarning qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi. Jumladan, ishlab chiqar­ ish jihozlari va qurilmalarining sozlanganligini, ishchilarning max­ sus kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanganligini, maxsus ovqatlarning o‘z vaqtida berilishi (agar zarur bo‘lsa), sut va sovun bilan ta’minlash, ish kunining davom etish soatlari, dam olish kunlari va mehnat ta’tillarini o‘z vaqtida berilishi, tanafFuslar, ayollar va o'smirlar mehnatidan to‘g‘ri foy­ dalanish va boshqalar.


Mehnatni muhofaza qilish komissiyalari va jamoat inspektor-lari bajaradigan ishlarning tarkibi kasaba uyushmasi tomonidan tas-diqlangan qarorlar bilan belgilanadi.


Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazoratini olib borayot­ gan shaxslarga va tashkilotlarga nisbatan m a’muriyatning asosiy vazifasi nazorat qiluvchi shaxslarning takliflarini qo'llab-quwatlash va ularning ishlarini amalga oshirishni tezlatish hamda yordam ko‘rsatishdan iborat.


Ma’muriyatning kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda olib borayotgan unumli nazorat usullaridan biri uch bosqichli na­ zorat usulidir: birinchi bosqich ish joylarida, ikkinchi bosqich sexda va uchinchi bosqich butun zavod bo‘yicha. Bu usul kasaba



228


uyushmasi aktivi bilan ma’muriyat o'rtasidagi mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ish joyida tatbiq qilish, mehnat madaniyatini yax-shilash va ish sharoitini sog'lomlashtirish borasidagi tadbirlami bir-galikda olib borish imkoniyatini yaratdi.

Master nazoratning birinchi bosqichini mehnatni muhofaza qilish jamoat inspektori va grafik bo'yicha navbatchi o‘z-o‘zini na-zorat qiluvchi ishchi bilan birgalikda o‘tkazadi. Ular ish boshlan-gunga qadar ishchilar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida besh minutli suhbat o‘tkazadilar, so‘ngra ish joylari, ish qurollari, to'siq qurilmalarining borligi va to‘g‘riligini tekshiradilar. Aniqlan-gan kamchiliklar tuzatiladi. Ish davomida ular ishchilaming tex-nologik hujptlarga, xavfsizlik texnikasining qo'llanmalariga qanday rioya qilayotganliklarini kuzatib boradilar, shuningdek, ishchilarn-ing ish joylariga, yo‘lka va o‘tish joylariga, havo muhitining tozali-giga, ish joylarining yoritilishi masalalariga e’tibor beradilar, hamma kuzatilgan kamchiliklar hamda ishchilar tomonidan kiritil-gan taklif va mulohazalar ayrim jurnalga yozib qo'yiladi. Master aniqlangan kamchiliklarni yuqotish chora-tadbirlarini ko'radi. 0 ‘zi bartaraf qilishi mumkin bo'lmagan ba’zi bir kamchiliklarni tugatish chora-tadbirlarini ko'rish iltimosi bilan sex boshlig'iga murojaat qiladi. Master tartibbuzarlaming familiyalarini va buzilgan tartibning mohiyatini maxsus tutilgan daftarga yozib qo'yadi va bu haqda tartib buzuvchini ogohlantiradi, har qanday tartibbuzarlik holatlari keyingi smena boshlanishi oldidan o'tkaziladigan yo'riqnomada muhokama qilinishi shart.


Nazoratning ikkinchi bosqichini har haftada javobgar rahbar xodiirf kasaba uyushmasi sex qo'mitasi raisi yoki sex qo'mitasining mehnatni muhofaza qilish komissiyasining raisi bilan birga sex texnika xizmati xodimlari ishtirokida amalga oshiradi. Ular sex tarmoqlarini aylanib, sexda mehnatni muhofaza qilish ahvolini ko'zdan kechiradilar, oldingi galda belgilangan va birinchi bosqich nazorati tomonidan aniqlangan chora-tadbirlarning qan­ day bajarilganligini kuzatadi, aniqlangan barcha kamchiliklar va bajarilmagan chora-tadbirlar, shuningdek, ishchilaming takliflari sex jurnaliga yozib qo'yiladi. Ko'rik o'tkazib bo'lingandan keyin tartib buzish sabablari muhokama qilinadi, aniqlik kiritilgan qo'shimcha chora-tadbirlar, bajaruvchi shaxslar va bajarish mud-dati belgilanadi. Sex komiteti mehnatni muhofaza qilish komissi-yasi va jamoat inspektorlari orqali ko'zda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi.


Nazoratning uchinchi bosqichini sanoat korxonasining bosh



229

injeneri, zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, xavfsizlik texni-kasi xizmati boshlig‘i (xavfsizlik texnikasi injeneri), bosh mexanik, korxona bosh energetiki, tibbiyot boiim i boshlig‘i, sex tibbiyot xodimi amalga oshiradi. Ular sexlami maxsus grafik bo‘yicha oyiga bir marta aylanib chiqadi, birinchi va ikkinchi bosqich bo'yicha o'tkazilgan nazorat natijalarini tekshiradi, sexda hal qilinmagan xavfsizlik texnikasining jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarini aniqlaydi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarni, shuningdek, sexda mehnat madaniyatini yuksaltirish vositalarini belgilaydi.


Tekshirish natijasi majlisda muhokama qilinadi, ishlab chiqar-ish bo'limlari rahbarlarining kamchiliklarni tugatish borasidagi ish-lari haqida hisobotlar tinglanadi, jamoat inspektorlari mehnatni muhofaza qilishning hal qilinmagan masalalarini o'rtaga tashlaydi-lar. Majlis xulosasi asosida korxona rahbari tomonidan korxona bo‘yicha buyruq chiqariladi.


Katta sanoat korxonalarida uchinchi bosqich nazoratini bosh injener o‘miga tekshirilayotgan sex bo'yicha bosh mutaxassislar boshqarishlari mumkin. Masalan, bosh metallurg quyish, metallarga issiq ishlov berish sexlarini tekshirish komissiyasini boshqarishi mumkin, bosh texnolog metallarga sovuq ishlov berish, yig'ish sex-larining tekshirish komissiyalarini boshqarishi mumkin.


Sanoat korxonalarida mehnat qonunlari buzilmasligining tar-moq nazoratini vazir va birlashmalar bo'ysunish tartibi bilan amalga oshiradi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin