Hayot faoliyati


XII. 4. Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə114/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
Hayot faoliyati

XII. 4. Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura


chora-tadbirlari

Kasaba uyushmasi ustaviga asosan FZKU vositachiligida har yili mu’muriyat (direktor shaxsida) bilan ishchi-xizmatchilar o'rtasida o‘zaro mehnat munosabatlari to‘g‘risida jamoat bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi va xizmatchilaming mehnat qilishi va madaniy, maishiy dam olishi borasidagi tadbirlar haqida kelishib olinadi. Unda bitimda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi va bu masalalar ma’lum tartibga keltirilib, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida bitimga tirkab qo‘yiladi.


Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi, kasab uyushmasi qo'mitalari bilan kelishgan holda, m a’muriyat xodimlari tuzadi. Unga ushbu korxonada ayni paytdagi mehnat sharoiti, kasb kasal-liklari va sanoat korxonasida inson organizmiga ta’sir qiluvchi





231

zararli omillarning' mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushmasi bilan kelishilgandan keyin ishchilaming umumiy majlisi-da muhokama qilinadi.


Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yax-shilash chora-tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo‘lib qarash mumkin:

  1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar; bunga qo‘shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to'siqlarni o‘rnatish, blokirovka qilish, muhofazaning avtomatik tizimlarini qo'llash, masofadan turib boshqariladigan asboblar joriy qilish, signal tizimlari, mexanizatsiyalashtirish masalalari va bosh-qalar kiradi.




  1. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar; ishchilarga zararli ta’sir ko'rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni mo’tadillashtirish tizimlarini o‘rnatish, eskilarini takomillashtirish, umumiy havo almashtirish usullari bilan birga xavfli moddalar ajralgdigan joyni ham ajratish, havo surish tizimida mukammallashtirilgan mashinalardan foy­ dalanish, havo holatini kuzatadigan asboblar o‘rnatish va boshqalar.




  1. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar; bunda mo‘tadil yoritish, sanitariya-maishiy xonalar ho­ latini yaxshilash, maxsus kiyim bosh va oyoq kiyimlarini vaqtida si-fatli remont qilish, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchak-lari, vistavkalari tashkil qilish va boshqalar.

Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar taqozo qiladigan chora-tadbirlar, masalan, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq tashkil qilish masalalari, garchi ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa-da, nomenklatura chora-tadbirlariga kiritilmaydi.


Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ish-chilarning umumiy majlisida tasdiqlangani sababli, ular bajarilishi shart bo‘lib qoladi va bu haqda ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Unga sarflanadigan mablag* sanoat korxona-sining asosiy fondidan olinadi, ya’ni bu xarajatlar umumsex va umumzavod xarajatlari hisobiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlariga ajratilgan mablag'lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.


Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sanoat korxonalarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan va bu korxonalar-ning bosh rejasiga kiritilgan. Mazkur rejaga maydonlarni





232

obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko'rinishi va unga tutashuvchi yo‘l va yo‘lkalar ho­ latini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko‘kalamzorlashtirish masalalari kiradiki, bular tuman, viloyat miqyosida hisobga olinadi va unga ma’lum mablag* ajratiladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin