Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə117/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Hayot faoliyati

yo‘riqnoma!arni buzganliK uchun javobgarliic

Ba’zi bir rahbar shaxslaming o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi va oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.


Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. U nda oddiy tokarlik stanogidan tor-tib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, od­ diy yig'ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday mashinasozlik zavodlari sexlarida birnecha yuzdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar m ehnat qilishi mumkin.


Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizom ini saqlash, xavfsiz ish olib borishning asosi hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxas-sisligi bo'yicha texnika xavfsizligi m e’yorlari darajasida bo'lishi kerak va uni buzgan shaxslarga nisbatan m a’muriy javobgarlik tarti-bida ogohlanitirish, jamoat tartibidagi choralar va m a’lum miqdorda jarima to'lash belgilanadi.



235

Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish buysunish tartibidagi rahbar xodim lar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qil-ishning davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belgilanadi.




Jinoiy javobgarlik. M ehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol buzilishi natijasida og‘ir jarohatlanish sodir bo‘lsa, bir necha kishi og‘ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o‘lim bilan tugasa, bun­ day holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va m a’lum muddatga ozodlikdan m ahrum qilinadi.


Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik-bu ishchi va xiz-m atchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zarami qoplashdir. M ehnatni muhofaza qilishning qoida va m e’yorlarining ishchi va xizmatchi tom onidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi m oddiy zarar ko‘rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tom onidan to ‘lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.

M oddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan m oddiy javobgarlik va to‘liq moddiy javobgarlik tartibida belgilan-ishi m um kin. Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi yoki xizm atchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni m a’muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, aw alo aybdor shaxsning roziligi bo'lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan m iqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o‘rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining oladigan oyligining uchdan bir qis-m idan oshmasligi kerak.


T o ‘liq m oddiy javobgarlik jinoyat sodir bo‘lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo‘Isa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zarami ham to - liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tu ­ man yoki shahar sud organlari (m a’muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda m a’muriyat tom onidan aybdorning haqiqatan ham aybdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar ko'rsatilishi kerak.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin