14-rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari.
74
Ba’zi bir texnologik jarayonlami bunday qobiqqa о‘rash imkoniyati yo'q. Bunday hollarda ochiq havo so'rish tizimlaridan foydalaniladi. Bunday sistemalaming eng oddiy turi havo so'rish zontidir (14-rasm, b).
Zontni qizigan havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi vaqtlarda zontlar o'rniga shirmalardan foydalanish ko'p miqdordagi havoni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi. Har qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas organlariga yetib bormaydigan bo'lishi shart.
Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklida bo'lsa va uning tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo'lib, zont o'rgatish imkoniyati bo'lmasa, unda havo bortlar orqali so'riladi (14-rasm, e). Bort orqali havo so'rish tizimlari bir tomonlama, ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda havoni bir tomonidan so'rib, ikkinchi tomonidan haydash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ba’zi bir hollarda ishchiga yo'naltiriljan havo dushlaridan foydalaniladi. Havo dushlari havo harorati td va havo harakati tezligi Vd QMQ 3. 01. 02 — 00 bilan cheklangan bo'ladi. Masalan, yilning issiq oylarida (tashqi havo harorati 10°C) yengil kategoriyadagi ish bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3—2,5 M J/(m2/s) (300—600 kkal (m2/s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 22—24°C, Vd esa 0,5—1,0 m/s; og'ir kategoriyadagi ish bajarilganda va issiqlik ajralib chiqishi 10 M J (m2/s) 2400 kkal/ (m2/s) va undan ortiq bo'lsa, bu norma tegishlicha 18—19 °C va 3,0—3,5 m /s ni tashkil qiladi. Havoning harakati tezligi 5,0 m/s dan ortiq bo'lsa, inson holatiga yoqimsiz ta’sir ko'rsatadi. Havo dushlari doimiy o'matilgan va ko'chma bo'lishi mumkin. Doimiy o'matilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan olinadi. Ko'chma havo dushlari uchun esa, dush o'rnatilgan xona havosidan foydalanish mumkin. Agar dush o'matilgan xonada issiqlik ajralishi kuchli bo'lsa, unda ko'chma havo dushlari suv zarralari bilan birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul hisoblanadi.