Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod territoriyasidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta’min lanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya-himoya zonalarida havoning ifloslanishidan saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan bin hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan bin bo'lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislarining diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda.
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi.
III.4. Havoni mo‘tadillaslitirish
Havoni mo'tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo holatini ichki omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar havoning issiq-sovuqligidan qat’i nazar, avtomatik ravishda bir xil me’yorida yoki berilgan programma asosida havo parametrlarini saqlab turish tushuniladi.
Havoni mo‘tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan tashqari texnologik talablar asosida ham o ‘matilishi mumkin.
Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba’zi bir sexlar havoning ma’lum parametrlarining doimiy bo'lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar deraza va framugalarsiz bo'lib, undan havoning kerakli birliklarini mo'tadillashtirish qurilmalari ta’minlanadi. Ba’zi hollarda havoni mo'tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik zaryadlami namlikning ko‘payishi hisobiga yo'qotish maqsadida qo'llaniladi.
Havoni mo'tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi.
Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning maxsus seksiyalari nusxalari tayyorlangan va bu seksiyalar
71
yordamida istagan ishlab chiqarish sharoiti uchun kerakli ishlab chiqarish hajmiga va ehtiyojiga moslashtirilgan konditsionerlar tayyorlash imkoniyatini mavjud. Seksiya nusxalari havo qabul qilishini ta’minlaydi, uni filtrlab tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta’minlaydi, harakatga keltiradi, namlaydi va boshqa jarayonlami bajaradi.