Hayot faoliyati


Havo tozalash qurilmasining aerodinamik qarshiligi, n /m 2 larda belgilanib, umumiy holda quyidagi tenglama orqali ifodalanadi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə31/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161
Hayot faoliyati

Havo tozalash qurilmasining aerodinamik qarshiligi, n /m 2 larda belgilanib, umumiy holda quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:

Ap=AVn, [n/m 2],


bunda, V—havo harakati tezligi, m/s; havo shu tezlik bilan chang tozalash qurilmasiga quritiladi yoki filtrlovchi yuzalar orqali o'tkaziladi.


A va n—chang tozalash qurilmasi tuzilishiga bog'liq bo'lgan koeffitsiyentlar.


n-koefifitsiyenti miqdori 1 dan 2 gacha o'zgaradi. Bunda havo oqimining turbulentligining o'sib borishi bilan n 2 ga yaqinlashadi.


Bundan xulosa qilib, chang tozalash qurilmalarining a), b), d) ko'rsatgichlarning iloji boricha yuqori bo'lishi va e) ko'rsatgichning past bo'lishi chang tozalash qurilmasi mukammalroq ekanligini ko'rsatadi.


Chang tozalash qurilmalari o'zining tuzilishi va ishlash usuli bilan xilma-xildir. Chang havo tarkibidan o'z og'irligi asosida, markazdan qochma kuchlardan foydalangan holda, inersiya kuchiga asosan, materiallar orqali filtrlash yo'li bilan va elektr toki yordamida ajratib olinishi mumkin. Chang tozalash qurilmalaridan yuqorida sanab o'tilgan kuchlar ayrim holda yoki bir necha usulni o'ziga jamlagan holda ishlatilishi mumkin.


Bundan tashqari quruq va namlanuvchi chang tozalash qurilmalari mavjud. Quruq chang tozalash qurilmalari asosan changga aylangan moddaning qimmatbaho bo'lgan hollarda (masalan, un, metall va tolasimon changlar) va shuningdek, organik moddalardan tashkil topgan changlami (masalan, yog'och, paxta tozalash sanoati changlari) tozalash maqsadida qo'llaniladi. Chunki organik changlarning suv bilan birikmasi achib qo'lansa hid chiqarishi va uni boshqa maqsadlarda ishlatilishida qiyinchUiklaiga olib keladi.

79


Namlangan chang tozalash qurilmalaridan mineral moddalardan tashkil topgan keraksiz changlarni (masalan, kul, tosh va qum changlari) tozalashda qoMlaniladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin