Hayot faoliyati


IV. 2. Chang tozalash kameralari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə32/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Hayot faoliyati

IV. 2. Chang tozalash kameralari


Chang tozalash kameralari o'z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.
Changlangan havo tozalash kamerasiga 1 truba orqali 2 kameraga yuboriladi (15-rasm). Kameraga yuborilayotgan havo ma’lum miqdordagi tezlikka ega bo'lganligi sababli (18 -22 m/s ), havoning qarshiliksiz chiqib ketishini kamaytirish maqsadida 4 devor to'siq o'rnatilgan. Changdan tozalangan havo chiqib ketishi uchun 3 chiqarib yuborish trubasi o'rnatilgan.


Kamera ichiga changlangan havo bilan birgalikda kirgan chang zarrachasining soddalashtirilgan holatini ko'rib chiqamiz. Bu holda chang zarrachasiga ta’sir qilib uni harakatlantiradigan kuchlardan biri, havo harakati natijasida olingan inersiya kuchi bo'lib, bu zarrani gorizontal holatda harakatlantirishga intiluvchi V2. Bundan tashqari chang zarrachasiga o'z og'irlik kuchi ta’siri, uni pastga qarab harakatlanishga majbur qiladi.


Bu kuchlarning umumiy ta’sir qiluvchi kuchi ularning vektorlari yig'indisidan hosil bo'lgan parallelogram diogonali yo'nalishida bo'ladi.


Bu holda zarraning harakatlanish yo'lini aniqlash mumkin.


Gorizontal yo'nalishda:


I=VS,


vertikal yo'nalishda esa,


h = V6r,


bunda, I — kamera uzunligi, m;


h — kamera balandligi, m;


x — chang zarrasining kamerada bo'lish vaqti, s.


Bundan kelib chiqib,
yoki:
м « , м
n


Ifodadan ko‘rinib turibdiki, kameraning uzunligi, boshqa hamma sharoitlar ta’minlangan taqdirda kameraning balandligiga bog‘liq bo'ladi. Kamera balandligi qancha kam bo'lsa, uning bo'yi shuncha qisqa bo'ladi. Bundan tashqari, kamerada changning ushlanib qolishi havo harakati tezligining kam bo'lishi va chang zarralarining og'irroq bo'lishini taqozo qiladi.


Bundan tashqari chang kamerasiga yuborilayotgan havo harakati laminar harakat bo'lganda uning samaradorligi yuqoriroq bo'ladi. Turbulent harakatdagi havo tarkibidagi changlar tartibsiz havo yo'nalishlarining o'zgarishi natijasida, changlaming qo'nishiga yo'l qo'ymaydi va hattoki, qo'ngan changlaming ko'tarilib havo bilan chiqib ketishiga sababchi bo'ladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin