Hayot faoliyati


IV bob. CHANGLANGAN HAVONI TOZALASH



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə29/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161
Hayot faoliyati

IV bob. CHANGLANGAN HAVONI TOZALASH


QURILMALARI


IV. 1. Havo tozalash qurilmalariga qo'yiladigan asosiy talablar


Umuman sanoat korxonalarida ishlatiladigan havoni changdan tozalash qurilmalari nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir. Buning asosiy sababi sanoatda hosil bo'ladigan changlami zararsizlantirish yoki ularni havo tarkibidan ajratib olish nihoyatda mushkul vazifa ekanligidadir. Changlarni ajratib olish to'qima matolar yordamida tutib qolish ishlari keng yo'lga qo'yilgan bo'lishiga qaramay, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan qurilmalar sanoat talablariga to‘la javob berolmaydi. Yirik char.blarni tutib qolish yoki ajratib olish uncha qiyin emas, ularni markazdan qochma kuchga asoslangan chang tozalash qurilmalarida ajratib olish oson. Chang zarralari maydalasha borgan sari ularni ajratib olish imkoniyatlari ham kamaya boradi. Mayda changlar og'irligi uni yuritayotgan havo molekulalaridan ko'p farq qilmaganligi sababli (eng mayda zarradan ham mayda zarra mavjud degan matematik iborani eslang), ularni markazdan qochma qurilmalar yordamida mutlaqo ajratib bo'lmaydi, to‘qima matolar orqali o‘tkazganda, mato qancha qalin bo‘lgani bilan, chang undan o‘tib ketadi. Ikkinchi tomondan qalinlashtirilgan mato orqali havoning sizib o‘tishi qiyinlashadi, bu esa o'z navbatida ba’zi bir muammolami keltirib chiqaradi.


Bu muammolaming eng asosiysi havo tozalash qurilmasining qarshiligining ortib ketishidir.


Katta qarshilikka ega bo'lgan qurilma nihoyatda qimmatbaho bo'lishi bilan birga, ko'p miqdorda elektr quwati talab qiladi.


Yuqorida aytib o'tilgan fikrlami mulohaza qilib, havo tozalash qurilmalarini tanlash, birinchidan havo tarkibidagi changning tarkibini, xavflilik darajasini, mayda-yirikligini, shuningdek, uning qimmatbaho moddalardan tashkil topganligini (masalan, oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan bo'lsa), uni tozalashda yuqori


samaradorlikka ega bo'lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang oddiy qipiq, ko'mir changlari, metall changlari bo'lsa, bunday changlangan havoni markazdek qochma

77


harakatga asoslangan arzon, lekin samaradorligi kamroq bo'lgan tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang tarkibida qo‘rg‘oshin, simob va boshqa og‘ir metallar changlari mavjud bo'lsa, ma’lumki bu changlar odam organizmi uchun juda xavfli asoratlar hosil qilishi mumkin bo'lganligi sababli, bularni tozalash uchun, qimmat bo'lishidan qat’i nazar yuqori samaradorlikka ega bo'lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin