Hayot faoliyati


I 15-rasm. Havoni changdan tozalash kamerasining tuzilish chizmasi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə33/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161
Hayot faoliyati

I


15-rasm. Havoni changdan tozalash kamerasining tuzilish chizmasi.


Laminar harakatni ta’minlash uchun chang kameralarining uzunligini oshirishga to'g'ri keladi.
Katta hajmdagi chang kameralari qurish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun ham bunday chang tozalash kameralarining sanoat korxonalarida qurish istiqboli yo'q. Buning yana bir sababi uning samaradorligi 20—30% atrofida bo'lib, bu juda past samaradorlik hisoblanadi.


IV. 3. Matoli filtrlar .


Matoli filtrlaming ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato orqali sizib o'tkazishga asoslangan bo'lib, havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi, havo esa tozalanib, chiqarib

81


yuboriladi. Matoli flltrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik to‘qilganligiga uning tollari tarkibiga bog'liq.
Masalan, qalin to'qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish imkoniyati ko‘p va bunday matolaming chang tutish samaradorligi juda yuqori bo'lib 95—99,9% ni tashkil qiladi. Lekin shuni ham eslatib o ‘tish kerak, bunday matoli filtming havo o‘tkazishga qarshiligi nihoyatda katta bo'lib, taxminan 1200—4000 n/m 2 ni tashkil qiladi (bunda 1200 birligini filtr ishga qo‘yilgan vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m 2 esa changga to‘yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi). Bunday katta qarshilikni yengish uchun nihoyatda ko‘p energiya sarflaydigan ventilatorlardan foydala-nishga to'g'ri keladi.


Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan flltrlarning ishchi qismi bo‘lgan matolami, siyrak to‘qilgan, ammo tukli turlari tanlanadi. Bunda biz filtr qarshiligini kamaytirishga erishamiz, shuning bilan birga sertuk siyrak to'qilgan mato orqali o‘tayotgan changlangan havo o'z yo‘nalishini bir necha marta o‘zgartiradi va changlar mato g‘adir-budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi.


17-rasmda ittifoq davrida GPI -I tomonidan ishlab chiqilgan FV filtr sxemasi keltirilgan. Filtming changlangan havoni taqsimlash va chang yig'ish kamerasi ( 1) orqali, changlangan havo keskin konus tuzilishidagi diametri 240 mm va uzunligi 2755 mm bo‘lgan 8 ta yeng (2) ga yuboriladi. Yeng to'qimalari orqali changdan tozalanib o‘tgan havo (3) kamerada to‘planadi va bu yerdan (4) trubalar orqali ventilatoiga yo'naltiriladi. VF filtrlar yenglarida ushlanib qolgan changlar silkitish hisobiga tushirib yuboriladi. Buning uchun richagsimon uzatma (6) ning (5) dastasiga ta’sir etuvchi kuch uni filtming A seksiyasida ko‘rsatilgan holatda kelguncha keskin ko'chadi va so'ngra keskin qo‘yib yuboradi va buning natijasida yengga ilingan changlar qoqib tushiriladi. Yenglarni silkitib qoqish bir necha marta takrorlanadi va shuning bilan biiga uning to‘qimalari orasiga tiqilib qolgan changlami chiqarib yuborish maqsadida tashqi tomonidan havo yuboriladi. Buning uchun ha­ voni ventilatoiga yo'naltirish yoiidagi truba tiqin (7) bilan berkitiladi va tashqaridan havo kirish yo‘li (8) ochib qo'yiladi. Qarama-qarshi tomondan yo'nalgan havo yenglaming to'qimlari orasiga tiqilib qolgan changlami chiqib ketishini tezlashtiradi. Shundan keyin yirik changlar (9) bunkerga yig'iladi, mayda changlar esa havo harakati natijasida yondagi seksiyadagi yenglaiga yo'naltiriladi. Filtr havo o'tkazmaydigan metall qobig'i bilan o'ralgan.

82


Hozirgi vaqtda ishlash tartibi xuddi shunday bo'lgan va hozirgi zamon talabiga javob beradigan, maxsus silkitib-qoqish mexanizmiga ega bo'lgan filtrlar yaratilgan. Ulardan biri FRM filtri (16-rasmda) ko'rsatilgan.


FRM filtri (6), (8) yoki (10) seksiyadan iborat bo'lib har bir seksiya ( 10) yengdan tashkil topgan har bir yeng keskin konus formasida bo'lib 250x200 mm diametmi va uzunligi 2500 mm ni tashkil qiladi. Har bir yengning filtrlash yuzasi, 1,85 m2 ni tashkil qiladi. Changlangan havo yig'ish kamerasi (I) ga yuboriladi. Uning ostida (2) bunkeri joylashgan.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin