303
XV bob. YONG‘INNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR
Yong‘inlar sanoat korxonalari, xalq xo'jaligining hamma tormoqlari, qishloq xo'jaligi va turar joyda yuz berishi mumkin boMgan, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi
mumkin boigan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz hodisalar zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi.
Shuning uchun ham yong'inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish moddiy boyliklami, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir.
Bizning vazifamiz yong‘in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga, unga qarshi samarali kurash olib borish, yong‘inni o‘chirishda qo'llaniladigan birlamchi vositalar, har xil tadbirlar bilan o‘quvchilarni tanishtirishga qaratilgan.
XV. 1. Yonish jarayoni
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish ja-rayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o‘ynaydi:
1 ) yonuvchi modda;
2 ) yondiruvchi muhit;
3) qizdirish jarayoni.
Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular har xil yog'och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik
304
moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod boMib, u ham hamma vaqt mavjud.
Ba’zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin.
Endi qizdirish jarayoni bo'lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manbasi boiishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo'lgan issiqlik yonishning davom etishini ta’niinlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manbasi va yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta boMsa, yonish shuncha tez boMadi.
Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda boMadi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir boMadi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o'rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi boMadi va bu holat yonuvchi modda tamom boMguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonish ni yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.
Yong'inlar ham asosan diffuziya tartibda boMadi. Yonishning ikkinchi xili—yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklaming bugMari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya’ni shu m a’lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda miqdor zichligiga, haroratiga bogMiq boMadi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda boMsa, portlash hodisasi ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: |