Hayot faoliyati


III.6. Mahalliy shamollatish tizimi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə26/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161
Hayot faoliyati

III.6. Mahalliy shamollatish tizimi


Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta’minlashi zarur.


Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda yetib borishini ta’minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo'lmaydi


va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliy shamollatishning turlari juda xilma-xil. Shulardan ba’zi birlari bilan tanishib o'tamiz.


Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosan, kimyo laborato-riyalarida ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun ma’lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi.


Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5

73


m dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli bo'lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
L = 3600 V (F ^ + Fq)a + VT,


bunda, L — shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, m3/soat;. V—ma’lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; F;sh— xizmat eshikchasi yuzasi, m2; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m2; a —hisobga olish mumkin bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishi mumkin bo'lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu koeffitsiyent 1,1 qabul qilinadi.


Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik jarayonlami qobiq bilan o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir necha yeridan havo so'rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab yo'naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta’minlanadi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin