Hayot faoliyati


III.7. Shamollatish qurilmalarini ishlatish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə28/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161
Hayot faoliyati

III.7. Shamollatish qurilmalarini ishlatish


Shamollatish tizimi murakkab injenerlik qurilmasi hisoblanadi. Uning har bir elementi maxsus vazifani bajaradi. Shuning uchun

75




ham shamollatish sistemalarini ishga tushirishdan oldin uni texnik va sanitar-gigienik sinovlardan o ‘tkaziladi.


Texnik sinov vaqtida shamollatish sistemasining va uning ayrim elementlarining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Mexanik shamollatishni bajarish uchun ventilator havo berish miqdori, uning hosil qiladigan bosimi, ventilator parragi va elektrodvigatel rotorining aylanish soni, havoni va bosimni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, kaloferlarning issiqlik unumi va bosimi va boshqalarni aniqlash kerak bo'ladi.


Binoni aeratsiya qilganda kiritiladigan yoki chiqarib yuboriladigan havoning miqdori aniqlanadi.


Sanitar-gigiena sinovda esa shamollatish va sistemaning samaradorligi, havo tozalash, shuningdek, ishlab chiqarish zonalarida normal ob-havo sharoiti va sanitar-gigienik sharoit yaratish imkoniyatlari aniqlanadi.
Shamollatish qurilmalarini o'rnatilayotgan va ishlatish uchun qabul qilinganda, vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi va remont qilingandan keyin sinab ko'riladi.


Shamollatish qurilmalarini sinash vaqtida va' keyingi tuzilish elementlariga kiritilgan o'zgarishlar haqidagi ma’lumot qurilmaning texnik pasportiga yozib qo'yiladi va bu shamollatish sistemasining holatini aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.


Har bir shamollatish qurilmasi uchun maxsus ishlatish tavsiyanomasi ishlab chiqiladi. Unda yong'in bo'lgan taqdirda qaysi qurilma o'chirilishi va qaysinisi ishlatilishi zarurligi yozib qo'yiladi.


Shamollatish sistemalarining samarali ishlashi, shuningdek, tayyor holda bo'lishi, o'z vaqtida remont qilinishiga ventilatsiya sistemalari o'rnatilgan ishlab chiqarish uchastkasining boshlig'i javobgar hisoblanadi. Shamollatish xo'jaliklari katta bo'lgan sanoat korxonalarida isitish va shamollatish sexi tashkil qilinishi mumkin. Bu sex korxona bosh mexanigiga (bosh energetigiga, bosh injener o'rinbosariga) bo'ysunadi. Bunday hollarda shamollatish sistemalarining ishga yaroqli holda saqlanish javobgarligi shu sex boshlig'i zimmasiga yuklanadi.

76





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin