Havo tozalash qurilmalarini bir-birlari bilan solishtirganda, ularning havoga chiqarib yuborgan chang miqdori bilan, ya’ni 1-qiymatini belgilash to'g'riroq bo'ladi. Chunki agar bir chang tozalash qurilmasi havo tozalash darajasi 1=90 va ikkinchisini yoki xuddi shu qurilma ba’zi bir qo'shimchalar yordamida 2=95 ga yetkazildi deb faraz qilaylik, unda uning havo tozalash samaradorligi 5% oshmasdan, balki, ya’ni 2 marta oshgan hisoblanadi.
Changlangan havoni o'tkazish qobiliyati, ya’ni chang tozalash qurilmasidan vaqt birligida o'tkazilishi mumkin bo'lgan changlangan havo miqdori. Odatda chang tozalash qurilmalari orqali o'tkazilgan havo miqdori sekundlarda yoki soatlarda belgilanadi. Ya’ni changlangan havoni o'tkazish qobiliyati LI /s m2 yoki L2 m3/s m2 orqali belgilanadi.
Bunday belgilash filtrlash yuzasiga ega bo'lgan chang tozalash qurilmalariga to'g'ri keladi.
Markazdan qochma kuchlarga asoslangan chang tozalash qurilmalari (siklon, chang kameralari) uchun LI m3 /s yoki L2 m3/soat holatda belgilanishi mumkin.
Chang yig'ish qobiliyati bu faqat filtrlarga xos ko'rsatgich bo'lib filtrlovchi mato orqali o'tkazilgan changlangan havo, changni matoda qoldirib, toza havo o'tib ketishiga asoslangani
ma’lum. Matoda ushlab qolingan chang uning qalinlashishiga olib keladi va bu kiritilayotgan havoga qarshilikni ortib ketishga sababchi bo'ladi.
Buni chang tozalash qurilmasining umumiy qarshiligi deb yuritiladi. Mana shu qarshilikning ortishi ma’lum miqdorgacha bo'lishi mumkin va bu changning miqdoriga bog'liq bo'lib, uni g/m 2 bilan belgilanadi. Ya’ni 1 m2 yuzada yig'ilishi mumkin bo'lgan chang miqdori. Bu miqdori qancha katta bo'lsa, flltrni tozalab turish davri shuncha kamayadi.