Texnologik jarayonlarning yong`in xavfsizligini baholash.
Texnologik jarayonlarning yong`in xavfsizligini baholash.
Sanoat korxonalarining yong`inga va portlashga xavflilik darajasini aniqlash bilan, bu korxonada, xavfsiz ish sharoitini ta'minlash uchun hamma chora-tadbirlar belgilanadi deb bo`lmaydi. Chunki texnologik jarayonlar ham o`ziga yarasha ba'zi bir xavfli vaziyatlar yaratishi mumkin, buni oldini olish uchun, texnologik jarayonlarni tahlil qilishiga to``gri keladi. Bunga yong`in va portlashga olib kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlar tahlil qilinadi va yong`in va portlash ehtimoli bo`lgan holatlar tekshirib quriladi. Buning uchun sanoat korxonasida texnologik jarayonlarda qo`llanilayotgan yong`inga va portlashga xavfli moddalar, ularning miqdori, xossalari, bu moddalar bilan ishlayotgan jihozlarning ish rejimi va bu moddalarning jihozlaridan yong`in chiqib ketishi mumkinligi, shuningdek bu moddalar korxona xonasida mavjud bo`lgan ta?dirda ularni yondirishi mumkin bo`lgan qizdirish vositasi va sabablari aniqlanadi. Texnologik jarayonlarni yong`inga va portlashga xavfliligi tahlil qilinganda texnologik sxemalardan, chegaralardan ma'lumotnomada keltirilgan materiallardan sanoat korxonasida ishlatilayotgan material va moddalarning yong`inga, portlashga va avariyalarga sababchi bo`ladigan sabablari o`rganiladi. Texnologik sxema va chegaralar bo`yicha qaysi apparat va qaysi idishda qanday yonuvchi gaz yoki suyuqlik borligi aniqlab olinadi. har qanday holda ham bu idish va apparatlardagi hosil bo`ladigan par va gazlarning konsentrasiyasi alangalanishning quyi chegarasidan past yoki yuqori chegarasidan yuqori bo`lishi kerak. Bunda shuni unutmaslik kerakki, to`qilgan suyuqliklar yuzasida hosil bo`lgan to`yinmagan parlar alangalanishning yuqori bo`lgan holda ham portlash xususiyatini saqlaydi.
Changlarni kamaytirish vositasi sifatida foydalaniladigan truboprovodlarda chang miqdorining ortib ketishi natijasida portlashga xavfli havoning chang bilan aralashmasi hosil bo`lib va buning natijasida portlash hosil bo`lishi mumkin.
Sanoat korxonalarida yonuvchi aralashmalarni alangalanishiga olib keladigan omillar, ochiq alangali olovlardan foydalanish, chuqlangan yonuvchi moddalar, mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylantirish, shuningdek elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va kimyoviy reaksiyalar hisobilanadi. Yondirish manbai sifatida qizdirilgan pechlar, har xil sanoat chiqindilarini yondirish qurilmalari, qizdirish lampalari, gaz payvandlash gorelkalari, elektr payvandlash ishlarida chiqadigan uchqunlarni hisobiga olish kerak. Mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylanishi uchun qattiq jismlar bir-biriga urilishi natijasida uchqunlar chiqishi, bir-biriga ishqalanishi va gazlarning siqilishi natijasida bo`lishi mumkin. Elektr energiyaning issiqlik ta'siri elektr simlar bir-birlari bilan qisqa tutashganda, sistemada kuchlanish haddan tashqari ko`payib ketganda va statik va atmosfera elektrlarining chaqnab toksizlanish jarayoni yuz
berganda bo`ladi.