Hayoti va ijodi She’rlari Bolalar uchun yozgan she’rlari Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 49,19 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2023
ölçüsü49,19 Kb.
#78250
  1   2
Qambar ota Tursunqulova SH


MAVZU: Qambar Ota
Reja:

  1. Hayoti va ijodi

  2. She’rlari

  3. Bolalar uchun yozgan she’rlari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar




Qambar Ota hayoti va ijodi. Bolalarning sevikli shoirlaridan biri Qambar Ota 1941 yilda Kattaqo’rg’on shahrida tavallud topdi. 2-o’rta maktabda o’qidi. O’quvchilik davridan she’rlar mashq qila boshladi.
U 1958-1967 yillar shahardagi Suv xo’jaligi texnikumida so’ngra Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetida o’qidi.
1970-1974-yillarda turli oliy o’quv yurtlarida muallimlik qildi.
Qambar Otaning kichkintoylar hayotidan olib yozgan turli she’riy mashqlari tuman, viloyat, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez bosilib turdi.
1975-yilda oilasi bilan Toshkentga ko’chib kelib G’afur G’ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti, “O’zbekiston agitatori” jurnali, “Xalq so’zi”, “Ma’rifat” gazetalarida, O’zbeiston istiqbolini belgilash Davlat qo’mitasida turli lavozimlarda ishlash bilan birga qizg’in va samarali badiiy ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi.
Kichkintoylarning katta shoiri tinimsiz o’z ustida tinimsiz ishlar, mashq qilar, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmatdek zabardast bolalar ijodkorlarining she’rlarini o’qir, xulosalar chiqarar, yosh kitobxonlar davrasida bo’lar, yozuvchilar tomonidan uyushtirilayotgan adabiy-badiiy yig’inlarda ishtirok etar edi. Bunday intilish va harakatlar shoir ijodida o’z samarasini berdi. Natijada “Vatan tuprog’i”, “Yuzlar”, “Diydor”, “Dil ko’rki”, “CHavandoz orzusi”, “Tinim bilmas shamolvoy”, “Quyoshli dunyo”, “Sizday yashagim kelar”, “SHirin so’z”, “Bolalarning ko’zlari”, “Quyosh bilan gaplashdim”, “Mashhur Toshpolvon haqida ertak”, “Tinmay izlan, yuragim” kabi bolalar va kattalarga atalgan 30ga yaqin she’riy kitoblar chop etilgan. Respublikamizning iqtidorli bolalariga ustozlik qilib, adabiy to’garaklar olib borgan.
Qambar Ota bir necha o’nlab jahon bolalar shoirlari ijodidan sara tarjimalar qilgan va o’z navbatida uning she’rlaridan rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uyg’ur, turk tillariga namunalar tarjima qilingan.

Shoirning “Ona Vatan” deb nomlangan ilk sheʼri 6-sinfda oʻqib yurgan paytida Kattaqoʻrgʻon tuman gazetasida bosildi. “Kitobcha va buzoqcha” nomli dastlabki toʻplami 1965 yili chop etildi. Shundan soʻng bolalarga bagʻishlangan “Yoshlik sururi” (1972), “Chinor ansambli” (1976), “Adashboy” (1975), “Bizning kosmos” (1976), “Tinim bilmas shamolvoy”, “Chavandoz orzusi” (1985), “Shirin soʻz” (1988), “Gʻildirak” (1989), “Tabiatga rahmat” (1991), “Sizday yashagim kelar” (1994), “Bolalarning koʻzlari” (1995), “Toshpolvon va ishpolvon haqida ertak”, “Guldasta” (2001), “Alifbe bayrami” (2003), “Quyosh bilan gaplashdim” (2005), “Kitobsevar Oftoboy” (2006), “Tomda uxlagan bola” (2008), “Quyosh bola, oy bola” (2010), kattalar uchun “Vatan tuprogʻi” (1976), “Diydor” (1981), “Izlar” (1991), “Tinmay izlan, yuragim”, “Dil koʻrki” (2010) kabi koʻplab kitoblari nashr qilindi.

Tarjimon sifatida belorus, ukrain, latish, eston, rus, shuningdek, jahon bolalar shoirlari ijodidan saralab oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham koʻplab sheʼrlari rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uygʻur, turk tillariga tarjima qilindi.
Qambar Otaning ellikka yaqin sheʼri boshlangʻich sinf darsliklari, darsdan tashqari oʻqish kitoblari, maktab va bogʻchalar uchun metodik qoʻllanmalar, tabiat darsliklariga kiritilgan. Yuzdan ortiq sheʼrlariga kuylar bastalangan.

Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin