emizuvchilarning yuksak darajada rivojlanganligini sababi ularda barcha
organ sistemasi xammadan ko`ra ko`p differensiyalangan,
bosh miyasi
juda katta. Bosh miyada markaziy, yani yarim sharlar ayniqsa yaxshi
rivojlangan. Ularda eshituv va xidlov organlari juda taraqqiy etgan. Ovqat
hazm qilish organlari: og;iz va tishlar (kurak tish, oziq tish, va qoziq
tishlar ) ning aniq qismlarga bo`linishi, ularning xayot tarzini o`zgartirgan.
Eng muximi ularning – issiqqonlik
hususiyatini kasb etishi, yani gavda
haroratining doimo yuqori va bir xil bo`lishidir. Bu hususiyat sut
emizuvchilarda
qonning
aralash
bo`lmasligi,
termoregulyasiya
moslamalari maavjudligi tufayli yuzaga kelgan. Sut emizuvchilarning
ovqat xazm qilish, nafas olish va qon
aylanish sistemalari yaxshi
takomillashganligi tufayli, ularda moddalar almashinuvi va xayot
faoliyatining barcha tomonlari kuchaygan. Sut emizuvchilarning tez
taraqqiy etganligiga yana bir sabab – ularning tirik bola tug`ishi ( faqat
bazi tuban sut emizuvchilargina tirik bola tug`masdan tuxum qo`yadi )
embrionning ona qornida maxsus organ- yo`ldosh orqali bog`langanligi,
bola tug`ilganidan keyin esa sut bilan oziqlanishidir. Ana shu hususiyatlar
sut emizuvchilarning bolalarini ko`proq yashab ketishiga imkon
tug`dirgan. Sut emizuvchilarning terisi pishiq va elastic bo`ladi. Ularning
tanasi
jun bilan, shuningdek yo`gon va uzun qiltiq jun hamda undan
qisqaroq va yumshoq jun osti tiviti bilan qoplangan. Dag`al va pishiq
qiltiqli jun terini jaroxatlanishdan saqlaydi.
Ko`pchilik sut emizuvchilar terisida ter bezlari xam bo`ladi. Ter tana
yuzasidan bug`lanib, uni sovitadi. Ter bilan birga tanadan ortiqcha tuzlar
va mochevina xam chiqib ketadi. SHunday qilib ter bezlari qo`shimcha
ayirish organi vaazifasini ham bajaradi.
qaytarmaydiganlar [cho`chqalar, begemotlar],
qadoq oyoqlilar
[tuyalar, lamalar], shoxlilar [jirafalar, bug`ular, sigirlar va hokazolar]ga
bo`linadi.
Hamma juft tuyoqlilarning oshqozoni murakkab bo`lib, ko`p
kameralidir. Hazm bo`lishi qiyin bo`lgan oziqlar bunday oshqozonda
yaxshi ishlanadi.
Juft tuyoqlilarni ba`zan kavsh qaytaruvchilar deb ham
yuritishadi. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar kishilar hayotida katta
ahamiyatga ega. Ularning suti, go`shti, juni,
terisidan kishilar uzoq
vaqtlardan beri foydalanib kelganlar.
Toq tuyoqlilar turkumi
. Bu turkumga o`simlikxo`r yirik sut
emizuvchilar kiradi. Ularning oyoqlari uchida bitta tuyoqlari bo`ladi.
Shuning uchun ham ular toq tuyoqlilar deb atladi. Toq tuyoqlilarga ot,
eshak, qulon, zebra, oq karkidon va boshqalar kiradi.
Ot inson tomonidan qadimda xonakilashtirilgan toq tuyoqli
sut emizuvchi hayvondir. Undan kishilar turli maqsadlarda, minish uchun
ulov sifatida, janglarda dushman bilan urishish maqsadida, sutidan dorivor
qimiz
tayyorlashda, go`shti va terisini olish uchun foydalanib kelishgan.
Ot tik qad- qomatli, zirak, sirti ingichka va kalta junlar bilan qoplangan.
Rangi har xil, sariq, qora, olachipor, qizg`ish bo`lgani uchun ularni
saman, g`ir, ko`k, bo`z, targ`il deb atashgan. Bizda yilqichilik yaxshi
rivojlangan. Ayniqsa tog`li rayonlarda ko`plab yilqichilik fermalari
tashkil qilingan. Yovvoyi Prjeval`skiy
otidan tortib, jahonga mashhur
qorabayir, Budyonniy zot otlargacha xalqimiz hayotida keng foydalanib
va ko`paytirib kelinmoqda.
Xartumlilar turkimi. Xartumlilar turkimi yer yuzida unchalik
ko`p emas. Bu turkumga Hindiston fili bilan Afrika fili kiradi.
Dostları ilə paylaş: