Hayvonot olami



Yüklə 183,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü183,02 Kb.
#182085
1   2   3   4   5   6
Hayvonlarni klonlash

Baliqlarning ahamiyati
. Baliqlarning tabiatda va inson hayotidai 
roli juda katta. Baliqlar hamma suv havzalarida tarqalib, suv muhitini 
normal saqlashda, undagi o`simliklar uchun, tabiatda moddalar 
almashinuvida katta ro`l o`ynaydi. 
Baliqlarni inson hayotida roli hammaga ma`lum. Jahon bo`yicha 
yiliga o`rta hisobda 50 mln. Tonnadan ortiq baliq ovlanadi. Oziqlik 
ahamiyatiga ko`ra bu miqdor 650 mln bosh qoramol podasiga to`g`ri 
keladi. Ovlanadigan baliqlardan sifatli oziq-ovqat, yog`, vitaminlar 
nolinadi. Chorva mollarini boqish uchun baliq uni olinadi, baliq sanoati 
chiqindilaridan o`g`it sifatida foydalaniladi. 
Bizda 150 dan ortiq baliq turi ovlanadi. Eng ko`p ovlanadigan 
baliqlar seldsimonlar, kaprsimonlar, losossimmonlar, bakrasimonlar va 
boshqalar. Baliq go`shti va uvildirig`i sifati jihatidan kishilar sog`lig`ini 
mustahkamlashda, parhez ovqat sifatida muhim ahamiyatga ega. Baliq 
ovlash O`zbekistonda ham yil sayin taraqqiy etmoqda. Hozir qimmatli 
baliqlarni ovlash, ularning yashash zonasini saqlash va turlarini 
ko`paytirish choralari ko`rilmoqda. 
Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi.
Bu umurtqali hayvonlar 
tipining eng xarakterli sinfi hisoblanib, suv muhitidan quruqlikka 


chiqqan birinchi organizimlar qatoriga kiradi. Ularning hayoti suv bilan 
chambarchas bog`liqligi, shuningdek lichinkasining tuzilishi va yashash 
sharoiti mazkur hayvonlarning baliqlardan kelib chiqqanligini 
ko`rsatadi.
 
Patning ingichka qattiq o`zagi bo`ladi. Uning ikki tomonida keng, 
birmuncha yumshoq yelpig`ich patlar bor. Ularning ichi havo bilan to`la 
bo`ladi. Qush ana shu qanotlari yordamida uchadi.
Qushlar tuxumlarini uyaga qo`yadi, uyani ko`pincha urg`ochilari, 
bazan erkaklari quradi, ko`p vaqtlarda ular birga bo`lishadi. Kaptarlar 
oddiy uya quradi. Qizilto`sh va savalarning uyasi yarim sharsimon bo`lib, 
tashqi tomondan shox va lishayniklar bilan qoplangan bo`ladi. Qushlar har 
xil miqdorda tuxum qo`yadi. Yirtqich qushlar ( masalan, bulutlar
pingvinlar, ) bitta, kaptar, musicha ikkita, chumchuq 7-8 ta, chittak, kaklik 
30 tagacha, tovuqlar 60 tagacha tuxum qo`yadi. Ularning tuxum bosishi 
xam turlicha. Bazan ota – onalari tuxumini galma galdan bosadi, tovuqlar 
bilan o`rdaklarda faqat urg`ochisi bosadi. Qushlar – deyarli uchib yuruvchi 
xayvonlardir. U ovqatni uchib yurib topadi yoki yerga qarab ovqat izlaydi. 
Qushlarning uchishga bo`lgan layoqati ularni dengiz, okean, tog`larga, 
cho`llargacha taeqalishiga imkon yaratgan. U ucha olishi tufayli 
dushmanidan qutiladi, tez ovqat topadi, uzoq - uzoqlarga, qish paytlari 
issiq o`lkalarga uchib keta oladi. SHuningdek, qushlar o`troq qushlar, 
ko`chib yuruvchi qushlar va uchib ketuvchi qushlarga bo`linadi. O`troq 
qushlar yil bo`yi butun hayoti davomida bir joyda yashaydi. Bazilari yozda 
qish g`amini yeb, ovqat to`playdi. Masalan, o`rmon to`rg`ayi yong`oqlarni 
yerga ko`mib qo`yadi. CHittaklar esa urug` va hasharotlarni po`stloq 


yoriqlariga xamda daraxt shoxlaridagi lishayniklar orasiga yashiradi va 
qishda yeydi. O`troq qushlarga qizilishton, qarqur, kaklik, qarg`a va 
boshqalar kiradi. Ko`chib yuruvchi qushlar gala –gala bo`lishib, yilning 
turli fasllarida ko`chishadi, qishda keng tarqalishadi va baxorga kelib 
janubga ko`chib o`tishadi. Ular o`zlariga mos mo`tadil iqlimni topib 
yashaydilar. Bularga qaldirg`ochlar, laylaklar, o`rdaklar, oqqushlar va 
boshqalar kiradi.
Qaldirg`och hayotining ko`p qismini parvozda, havodagi hasharotlar 
(mayday pashshalar, chivinlar, qo`ng`izlar ) ni tutish bilan o`tkazadi. Ular 
yer yuzi bo`ylab xam, baland havoda xam uchadi. U juda tez uchuvchi 
qushlardan hisoblanib, sekundiga 28 m tezlikda uchadi. Qaldirg`och 
uchishi bilan birga yer yuzidagi, havodagi hasharotlarni chaqqonlik bilan 
tutib olib yeydi. Uning qanotlari uzun va uchli, dumi ayri bo`ladi. U yerda 
kamdan – kam yuradi. Ko`pincha simyog`ochlar ustida qo`nib dam oladi. 
Tuxumini uylarning shipiga qurgan uyalariga qo`yadi. U qishda uchib 
ketuvchi qushlarga kiradi. Erta bahorda yana uchib keladi.

Yüklə 183,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin