tabiat mutanosibligini boshqarib turgan. Qushlarning inson hayotidagi roli
va ahamiyati juda cheksizdir. Qushlardan turli
maqsadlarda foydalanib
kelinadi. Masalan, uy parrandalaridan olinayotgan maxsulot mamlakatimiz
qishloq ho`jaligida g`oyat katta rol o`ynaydi. Ularni yeti hazinaning biri
deb behuda aytilmagan. Tovuq go`shti, tuxumi,pari, pati xaqiqatdan xam
katta xazinadir.Ovlanadigan qushlardan olinadigan
maxsulotlarning juda
qimmatli ahamiyatga ega ekanligi xammaga malum. Qushlar zararli
hasharotlarni, kemiruvchilarni qirib, nihoyatda katta foyda keltiradi. Uy
parrandalaridan tovuq, g`oz, o`rdak, kurka, sesarka va boshqalarning rolini
xayotda
kim bilmaydi, deysiz. Qushlar manzarali maqsadlarda xam
kishilar tomonidan juda qadimdan foydalanib kelinadi. Ov esa sport
demakdir.
Bunday qushlarga tustovuq, kaklik, bulduruq, qirg`ovul,
yovvoyi o`rdak, yovvoyi g`ozlar kiradi. Sor, lochin, kobchik, burgut, kabi
qushlardan ov qilishda foydalanib kelingan va hozir xam foydalaniladi.
Ko`pgina yirtqich qushlar ( qarchig`ay, qirg`iy, jig`oltoy )xam borki,
ular mayday kemiruvchilarni, yuqumli kasalliklar ( o`lat,
sariq va
boshqalar ) ni tarqatuvchilarni ko`plab qirib, insonga katta foyda keltiradi.
SHuning uchun xam qushlarni asrash, muhofaza qilish muammosi davlat
ahamiyatiga ega bo`lgan masaladir. Bunda xamma – xamma ishtirok
etishi, ayniqsa bog`cha bolalarini to`g`ri
tarbiyalab, bu ishga keng jalb
etilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: