Eng qadimgi xett davlatlarining boshlang'och formalari bo'lgan qabila ittifoqlari asta-sekinlik bilan vujudga kelgan. Ularning markazlari Kushshar,Nesha,Zalpuva va Xattushashda bo’lgan. Bu qabila ittifoqlari Kichik Osiyoning Sharqiy qismida hukmronlik qilish uchun o’zaro urush olib borishgan. XIX asrda dastlabki Xett davlatlaridan biri vujudga kelgan.
Xett podsholari oz hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol kotarishga qobiliyatli bolgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yigilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvida faol qatnashib, ozlarining kuchli tayanchi bolgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yiginiga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol oynaganlar. Qadimgi Xett ananasiga kora, podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Kopincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opasingillarining ogillariga imtiyoz berilgan. Odatga kora, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan.
Agar podsho vafot etsa, malika oz unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bolish uchun, sobiq podshoning bevasi-malikaning olimini kutib turgan. Anita vafotidan keyin, er. avv. XVII asr oxirida boshqa Xett urugi hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr tog tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini dengizdan-dengizgacha kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli tasirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini ozlariga unvon sifatida qabul qildilar. Labarna mavjud Xett ananalariga zid ravishda ogli Xattusilini oz vorisi deb elon qiladi.
Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga kochiradi (Shu voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda Xatti zamonaviy fanda Xett deb atala boshlanadi). Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yoldagi asosiy savdo markazi bolgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga kopgina davogarlar bolishiga imkoniyat beradigan ananalarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni boladi. Xett hukmron tabaqalari ichida ozaro kelishmovchiliklar boshlanadi.
Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Er. avv. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to`g`risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o`tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo`lganini ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bug`ozqoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishadi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o`n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett- Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga keladi. Natijada Xett davlati tarixini o`rganish kuchayib ketadi. Olim A.Getse 1933 yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari A. Getse 1933 yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etadi. Muallif Xett davlatining harbiy va sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratadi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o`xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta`rifladi. Lingvist va arxeologlar Xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlar, xurrit qabilalarini o`rnini ko`rsatadigan dalillarni topdilar. Kichik Osiyo davlatchiligida bevosita Xettdan keyin Yunon tasiri kuchayib, Troya davlati tashkil topib o‘z davrning qudratli davlatiga aylanadi. Qadim Troyani tadqiq 1870 - yildan etgan nemis olimi G. Shliman aynan Turrkiyaning shimoliy – g’arbiy xududlarida eramizdan avvalgi 2 min yillikning oxirlarida o‘ziga hos davlatchilik bosqichi bo‘lganligini aniqladi.