Shuningdek, psixologik salomatlikni og’irlashtiradigan o’qitish va pedagogik ishning ko’plab qiyinchiliklari orasida uning yuqori ruhiy tarangligi ajralib turadi. Buning oqibatida aqliy funksiyalar barqarorligining zaiflashishi, mehnat qobiliyatining qisman yo’qolishi va hatto somatik kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa psixologik moslashuvning pasayishiga, aqliy qobiliyatning buzilishiga olib keladi. Maxsus ta’lim tizimida xizmat ko’rsatuvchi pedagog xodimlarning faoliyatida psixologik kuyish, emotsional zo’riqishlarni aniqlash va ularni oldini olishda psixologik xizmatning ahamiyati katta va bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar fanning rivojlanishida, yangi pedagogik-psixologik metodlarni amaliyotga joriy qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi
Tadqiqotning maqsadi: Maxsus MTT pedagog xodimlariga psixologik xizmat ko’rsatish orqali “Kasbiy kuyish” sindromining oldini olish va korreksiyalash.
Tadqiqotning ob’ekti: maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti va oddiy maktabgacha ta’lim tashkilot pedagog xodimlari (62 nafar).
Tadqiqotning predmeti:shaxsdagi kasbiy kuyish hissining psixologik xususiyatlari.
Tadqiqot maqsadi va ilmiy farazlariga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilandi:
Tadqiqot maqsadi va ilmiy farazlariga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilandi:
1.Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy, psixologik, adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.
2. Shaxsdagi kasbiy kuyishning psixologik xususiyatlarini aniqlash va shaxs hissiy-emotsional sohasini barqarorlashtirish.
3. Shaxsda emotsional nazorat va ishga layoqatlilik hissini tashhislovchi metodikalarini o’rganish.
4. Turli muammoli hayot tarziga nisbatan adekvat munosabatni shakllantirish.
5. Maxsus MTT pedagog xodimlarining faoliyat xususiyatlariga muvofiq tavsiyalar ishlab chiqish.
6. Maxsus MTT pedagog xodimlarida kasbiy kuyish va emotsional zo’riqishning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish.
Ilmiy yangiligi