52
Ustuvor vazifaning muvafaqqiyatli ijrosi o‘z
navbatida yalpi hududiy
mahsulot ishlab chiqarishda muhim o‘rinni egallaydigan,
fuqarolarning muhim
daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan kichik
biznes sektorining mavqeini yanada oshirish
hamda tadbirkorlikni jadal
rivojlantirishni taqozo etadi. 2017 yil viloyat yalpi hududiy mahsulotning 70,6
foizi (2016 yilda 71,0 foiz) kichik biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan.
Ma‘lumotlarga ko‘ra mazkur yilda kichik tadbirkorlik (biznes) sub‘ektlari
tomonidan 863,4 ming nafar kishining bandligi ta‘minlangan bo‘lib, jami
iqtisodiyotda band bo‗lganlarning 83,4 foiziga to‘g‘ri kelgan. Bu sohada band
bo‗lganlarning 601,1 ming nafari yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatida, 137,5
ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‗g‗ri keladi.
6-rasm
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi
ulushi (foizda)
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama
berilayotgan e‘tibor, sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan bir qator farmon va
qarorlarning ijrosini ta‘minlash natijasida viloyatda tadbirkorlik bo‘yicha
qulay
53
ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotdagi kichik
biznes sub‘ektlarining o‘rni va ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
Viloyatda
kichik biznesning rivojlanishi viloyat iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga to‘liq monand
keladi. Ya‘ni, viloyatda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida kichik biznesning ustunligini
ham ta‘minlab bergan. Tarmoqda kichik biznesning yuqori mavqeni egallashi
shubhasiz tez sur‘atlarda rivojlanib borayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari
hisobiga ro‘y bergan. Ayni shu jihatdan ham
eng barqaror rivojlanish
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kichik biznes sub‘ektlari ham aynan shu tarmoq
hissasiga to‘g‘ri keladi (3-jadval).
3-jadval
Dostları ilə paylaş: