4
takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga,
avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim
etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro
hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini endi boshlagan
davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni
taqozo etadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tuzilmalar
xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ta‘sir doirasida oshib boradi. Jahon mamlakatlari
tajribasida ham tadbirkorlik faoliyati va ularning jadal rivojlanishi uchun
tadbirkorlik muxitini shakllantirishga e‘tibor qaratilishi kuzatiladi . Umuman
olganda, mintaqalar xo‘jaligi ishlab chiqarish sub‘ektlari samaradorligida ham
tadbirkorlik ijobiy samara beradi. Xolbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish yo‘lidagi ma‘muriy g‘ov va sun‘iy to‘siqlarni bartaraf etish va
iqtisodiyotni yanada jadallik bilan rivojlanishiga asos bo‘lishi shubhasiz.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularning
samaradorlik darajasini oshirish shu kunning davr talabi ekanligini inobatga
olgan holda hududlar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish, undagi
muammolar va yechimini kutayotgan vazifalarni tadqiq etish dolzarb va amaliy
xarakterga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: