1-jadval.
Turli hajmdagi korxonalar bo‟yicha ish bilan band
bo‟lganlarning taqsimlanishi
(foizda)
Davlatlar nomi
Korxonalarning hajmi
Jami
korxonalar
SHu jumladan
Mikro
Kichik
O‟rta
yirik
Avstriya
100,0
33,6
27,9
23,1
15,4
AQSH
100,0
26,1
28,4
24,0
21,5
Belgiya
100,0
22,1
22,6
26,0
29,0
Buyuk Britaniya
100,0
26,1
22,6
26,1
25,2
Italiya
100,0
43,4
30,4
14,2
12,1
Frantsiya
100,0
32,1
28,0
23,4
16,5
Yaponiya
100,0
49,4
27,7
14,8
8,2
Manbaa:
Абатуров В.
Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность.
№24 (212), 1999
.
Kichik korxonalarning investitsiyalar, qo‘shilgan qiymat va oborotning
umumiy hajmidagi ulushi 20 dan to 60 foizgachani tashkil etadi, ya‘ni juda
salmoqlidir.
Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznes hissasining bu qadar salmoqli
ekanligi aslo uning o‘z rivojlanishida xech qanday to‘siq va muammolar yo‘qligini
bildirmaydi. Bu sohaning rivojlanishida o‘ziga hos muammolar mavjud. Jumladan:
ko‘pincha ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish uchun talab
qilinuvchi xususiy mablag‘lar hajmining yetarli bo‘lmasligi;
bunday korxonalarning bozor kon‘yunkturasining o‘zgarishiga o‘ta
sezgirligi va bog‘liqligi;
20
o‘ta qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishning zarurligi;
kichik biznes korxonalarining ayniqsa faoliyatning yangi sohalaridagi
firmalarning doimiy ravishda yuqori tavakkalchilik sharoitiga amal qilishi;
tashkil topish davridagi qator to‘siq hamda qiyinchiliklar va h.k.
Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishini
davlat tomonidan tartibga solish, faoliyat uchun qulay sharoit yaratish hamda turli
to‘siqlar ta‘sirini cheklab turish maqsadida davlatning maxsus siyosati ishlab
chiqilgan. Jumladan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi kichik korxonalarga nisbatan
davlat siyosatining asosiy maqsadlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
kichik korxonalarning rivojlanishi uchun qulay bozor sharoitlarini
yaratish;
bozor munosabatlarida tomonlarning o‘zaro teng huquqliligini qo‘llab-
quvvatlash;
raqobat
muhitini
hamda
iqtisodiy
faollikning
xarakatchanligini
ta‘minlash;
yangi ish o‘rinlarini, ayniqsa ishsizlik muammosi keskinlashgan
hududlarda barpo etish;
raqobatning keskinlashuvi natijasida kelib chiquvchi ijtimoiy oqibatlarni,
sarf-harajatlarni kamaytirish.
Gollandiyada kichik biznesga nisbatan davlat siyosatidagi asosiy holat bo‘lib
shunday qoida hisoblanadiki, unga ko‘ra tadbirkor o‘z faoliyati uchun to‘la
javobgar bo‘ladi, hukumat esa yordamchi rolni o‘ynaydi.
Frantsiyada kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy
maqsadi bandlikni oshirish va raqobatbardoshlikni o‘stirishdan iborat. U o‘z ichiga
bevosita tartibga solishni, ish muhitini yaxshilashni, bilvosita yordamning turli
ko‘rinishlarini oladi.
Germaniya kichik va mayda korxonalarga nisbatan yurgizayotgan davlat
siyosati ularning raqobatbardoshligini oshirish tadbirlariga, turli soliq-moliyaviy
imtiyozlarga, shuningdek, ularni iqtisodiyotda bo‘lib o‘tayotgan tarkibiy
o‘zgarishlarga moslashishga asoslanadi. Bunda davlat yirik korxonalar bilan
21
raqobatlashish uchun teng sharoitlar yaratib berishga intiladi.
AQSH hukumati siyosatida kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish
muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, Amerika iqtisodiyotining rivojlanishida uning
xizmatlarini e‘tirof etish sifatida maxsus umummilliy kichik biznes kunlari
o‘tkaziladi.
Kichik
tadbirkorlikning
rivojlanishiga
davlat
tomonidan
yondashuvining asosi - soliqlarning past darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatining
yuqori darajadagi to‘la erkinligidir. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga
solish maqsadida hukumat tomonidan har yili 7 mlrd. AQSH dollari atrofida
mablag‘ ajratiladi. So‘nggi yillarda yirik korporatsiyalar tomonidan aynan kichik
korxonalarda samarali bajariluvchi ish va xizmatlarning ba‘zi turlarini ularga
topshirish bo‘yicha siyosatning qo‘llanishi mamlakat iqtisodiyotida kichik
biznesning roli va ahamiyatining oshib borishiga olib keladi.
Kichik biznesning samarali rivojlanishida davlat tomonidan tartibga solish
siyosati ishlab chiqilishining o‘zi yetarli emas. Har bir mamlakatda tarkib topgan
tarkibiy-boshqarv tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
bu siyosatni samarali amalga oshiruvchi maxsus ijrochi va nazoratchi idoralar
tizimi shakllantirilishi lozim. Jumladan, kichik korxonalar bo‘yicha siyosat uchun
bevosita javobgarlikni Niderlandiya iqtisodiyot vazirligi tarkibidagi kichik
biznesga xizmat ko‘rsatish va bozorni tartibga solish bo‘yicha Bosh direktorat olib
boradi.
Italiyada so‘nggi yillarda yuqori havf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan kapitalga
erishish imkoniyati bor korxonalarni moliyalashtirishga qiziqish ortdi. SHu
maqsadda kichik korxonalarning yopiq turdagi investitsiya fondlari tashkil etildi.
Bunday fondlar birjada ro‘yxatdan o‘tmagan korxonalarga mablag‘larni qo‘yadilar.
Fondning kapitali davlat obligatsiyasi ko‘rinishida investitsiya qilinishi mumkin
emas. SHuningdek, boshqa yopiq fondlar tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga
investitsiya qilish ham ta‘qiqlanadi. Fondda o‘z aktsiyalarining ulushiga ega
bo‘lgan kompaniyalarning aktsiyalarini sotishdan foyda olish yopiq fondning
maqsadi hisoblanadi.
Venchur kapitali Angliyada nisbatan faol rivojlanib bormoqda: uning
22
hissasiga barcha Yevropa fondlari kapitalining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.
Venchur kapitali bozorida amal qiluvchi hamda sanoatga investitsiya kirituvchi,
o‘zining maxsus bo‘linmalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliyaviy muassasalar
(«Investors in Industry») tashkil etilgan. Kichik firmalarning muammolari bilan
shug‘ullanuvchi maxsus Britaniya texnologik guruhi («British Technology
Group») tuzilgan, qonunchilik xujjatlari sifatida «Venchur kapital sxemasi» va
«Biznesni rivojlantirish sxemasi»ni ta‘qidlash mumkin. Bu sxemalar jamoat
jamg‘armasi va xususiy omonat mablag‘larini investitsiya jarayonlariga jalb etishni
rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ma‘lumki, kichik biznes faoliyatida hal qiluvchi omil - ish kuchi, uning
mahorat va bilim darajasi, ishga ijodiy yondashuvini tadbirkorlik hislatlarini o‘zida
mujassamlashtira olish qobiliyatlari hisoblanadi. Mamlakatdagi aholining
ishbilarmonlik darajasini o‘stirishni rag‘batlantirish davlatning kichik biznesni
davlat tomonidan tartibga solish tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq,
turli mamlakatlarda bu muammoni hal etishga turlicha yondashiladi. Masalan,
Frantsiyada kasbiy ta‘lim berishning takomillashgan tizimi mavjud. Korxonalar ish
haqi fondidan 1,5 foizni xizmatlarning kasbiy tayyorgarligi uchun sarflashga
majburdirlar. Ta‘lim olish uchun sarf - harajatlarning ko‘payishi hollarida soliq
imtiyozlari amal qiladi.
Niderlandiyada esa, xususiy ishini boshlovchilar maxsus kurslarda o‘qib,
biznes-reja tuzish, ish yurtish uchun axborot olish va shu kabilar bo‘yicha
ma‘lumot oladi.
Bu yerda «Minikorxonalar fondi» ham amal qilib, uning vazifasi o‘qish
davomida o‘z kichik korxonasini ochgan 16-25 yoshdagi talabalarni qo‘llab -
quvvatlash hisoblanadi. Boshqa bir qiziqarli dastur, bir qancha yirik kompaniyalar
tomonidan moliyaviy yordam olib, kichik korxonalarga boshqaruvchi sifatida
yordam beruvchi nafaqaxo‘rlarga haq to‘lashdan iborat.
Italiyada kasbiy o‘qitish davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Italiyada
keng tarqalgan mikrokorxonalarning xodimlari orasida bilim, mahorat va tajriba
bevosita ish joyida to‘lanadi - yosh xodim tajribani o‘z hamkasblaridan o‘rganadi.
23
SHunday qilib, o‘rganish o‘z - o‘zidan yuz beruvchi o‘ziga xos jarayonga aylanib,
u xech qanday sertifikatga ega bo‘lishga olib kelmaydi.
Shunday bo‘lsada, Italiyada yosh tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar
amal qiladi. Ular tomonidan tashkil etilayotgan firmalar moliyaviy jihatdan
ustunliklarga ega bo‘ladilar - ularga ajratilgan mablag‘larning 50 foiz gachasi
asbob - uskunalarni sotib olishga yo‘naltirilsa, 15 foiz uzoq muddatli kredit
ko‘rinishida taqdim etiladi. Yana ular uchun noishlab chiqarish sarflarini qoplash
maqsadida ikki yillik yordam ko‘rsatiladi.
Bu ustunliklardan to‘la me‘yorda foydalanish uchun korxona tashkil etish
hamda amalga oshiriluvchi loyiha ishlab chiqarish kerakki, unda sheriklarning
yoshi ko‘rsatilishi, firma faoliyat ko‘rsatuvchi bozorning tahlili berilishi lozim.
Firmaning faoliyati ustidan davriy auditorlik nazorati ko‘zda tutiladiki, qonunning
qo‘pol buzilishi hollarida imtiyozlar bekor qilinishi mumkin.
Kichik biznes korxonalari iqtisodiyotda raqobat muhitining shakllanishidagi
rollari to‘la amalga oshirilishlari hamda unda sezilarli ta‘sir o‘tkaza olishlari uchun
ma‘lum shart-sharoitlarga ega bo‘lishlari lozim. Jumladan, bu sohaning samarali
faoliyat ko‘rsatishida unga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi masalalarining
ahamiyati beqiyosdir. Bu borada ko‘plab xorijiy mamlakatlarda jumladan,
AQSHda ham ancha taraqqiy etgan tizim amal qiladi: kichik biznesga
ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash ko‘plab nohukumat va jamoat tashkilotlari
tomonidan ham amalga oshiriladiki, ular qatoriga kichik biznes manfaatlarini ilgari
suruvchi kichik biznes uyushmasi; 40 dan ortiq milliy tashqi savdo uyushmalari;
3,5 mingdan ortiq milliy savdo tashkilotlari, 40 mingdan ortiq mahalliy
tashkilotlar, klublar va guruhlar kiradi.
Frantsiyada texnoparklar yoki inkubatorlarni tashkil etish bo‘yicha
umummilliy siyosati mavjud emas. Bu borada tashabbus mahalliy hokimiyatlar
qo‘lida. Ularning turli ko‘rinishlari mavjud: o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari, xizmat
ko‘rsatish, yerni ijaraga berish va hokazo.
Niderlandiyada 36 ta savdo palatasi mavjud. Barcha firmalar savdo
palatasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari va har yillik badalni to‘lashlari lozim.
24
Palatalar hukumatdan subsidiyalar olmaydilar. Ular asosiy faollikni konsalting
xizmatlari ko‘rsatish borasida namoyish etadilar. Bevosita o‘qitish, maslahat berish
va kengash xizmatlarini ko‘rsatish borasida 12 mintakaviy institutlardan iborat
tarmoqqa ega bo‘lgan mustaqil tashkilot-kichik korxonalar instituti faol
shug‘ullanadi.
Yaponiyada 500 ta mahalliy savdo-sanoat palatasi hamda ularning filiallari
kichik biznesga turli ko‘rinishdagi moliyaviy, maslahat berish kasbiy jihatdan
tayyorlash yordamlarini ko‘rsatadilar. Davlat kichik biznes faoliyatini Kichik
biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya va «Soko-Chukin
Banki» orqali byudjetda jamg‘ariluvchi kichik korxonalarni qo‘llab -
quvvatlashning maxsus fondi hamda xalq fondi orqali moliyalashtiradi.
Shuningdek, Yaponiyada kichik biznes uchun keng imtiyozli soliq tizimi
qabul qilingan bo‘lib, u quyidagilarni ko‘zda tutadi: yakka tartibdagi
kompaniyaning soliqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadidan korxona egasi va uning
oila a‘zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha shartli miqdorini (mazkur kasb
uchun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha stavka darajasida) chegirib tashlash; kichik
korxonalar uchun soliqlarning quyi stavkalari; kichik korporatsiyalar foydasining
bir qismini soliqqa tortishdan ximoya qilish. Agar kompaniya davlatning ustuvor
dasturlaridan (ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mahsulotni ilmiy-texnikaviy
jihatdan yangilash va b.) birida ishtirok etsa, qo‘shimcha soliq imtiyozlariga ega
bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, davlatning keng miqyosdagi har tomonlama tartibga
solish tizimisiz bu sohaning samarali amal qilishiga o‘z imkoniyatlarini namoyon
etilishiga erishib bo‘lmaydi:
bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda kichik biznes samarali
rivojlanishini davlatning ishtirokisiz ta‘minlab bo‘lmaydi;
xorijiy mamlakatlar tajribasi davlat tomonidan tartibga solishda tashkiliy,
moliyaviy, huquqiy, moddiy va ma‘naviy-iqtisodiy tadbirlarni qamrab olishi
zarurligini ko‘rsatdi;
25
bu tadbirlar va ularni amalga oshirish vositalari mamlakatning milliy
xususiyatlari, iqtisodiyotning holati, vujudga kelgan ijtimoiy-ruhiy vaziyat,
iqtisodiy madaniyat darajasi va boshqa iqtisodiy muhit hamda sifat omillari
hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
Shunga ko‘ra, har bir mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham,
iqtisodiyotning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kichik biznesni davlat
tomnidan tartibga solishning samarali chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishi va
doimiy ravishda takomillashib borishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |