«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


II BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

II BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI 
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI
2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni 
rivojlantirish sharoiti 
Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir 
hududning ichki imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan bunda
hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. 
Mazkur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mintaqalarda turli tadbirkorlik faoliyatini 
shakllanishiga sabab bo‘ladi. Zero, Namangan viloyatining tabiiy geografik 
imkoniyatlari, aholi joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, xo‘jalik 
ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti 
mazkur tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. SHunga 
ko‘ra, aholi punktlarida azaliy hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanish 
o‘ziga xos xususiyatga ega. Tabiiy geografik imkoniyatlariga baho beriladigan 
bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi 
etaklari va tog‘li hududlardan iborat. Rel‘ef tuzilishiga ko‘ra xilma-xillik 
viloyatning tabiiy va iqtisodiy resurslari salohiyati, ulardan foydalanishda turli 
xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, 
soylar, suv omborlari, kanallar va yer osti suvlari hisoblanib, ular tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishda ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, viloyat hududi 
yerlarini sug‘orishda keng foydalaniladigan mahalliy suv omborlari ham mavjud. 
Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m
3
), Qorasuv (6,5 mln. m
3
), CHortoq (19,0 mln. m
3
), 
Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m
3
), Varzik (10,0 mln. m
3
), Eskier (18,0 mln m
3
), Beshtol 
(0,5 mln. m
3
), Yertikan (12,4 mln. m
3
), Kengko‘l (2,4 mln. m
3
), Zarkent (12,5 mln. 
m
3
), Qizsoy (0,7 mln. m
3
) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 
282780 ga sug‘orish maydoni bo‘lib, shu maydonga asosan 18 ta sug‘orish 
manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, 
SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev 
nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib 
xizmat qiladi. Bu vaziyat mintaqada tadbirkorliknip muhim shakllaridan bo‘lgan 


38 
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. 
Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 
23 ta kanal va soylar, 16 ta yirik suv va sel suvlarini yig‘ish omborlari mavjud 
bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m
3
suv yig‘iladi. SHundan 3,3 mlrd m
3
suv 
qishloq xo‘jaligiga, 13,6 mln m
3
sanoat sanoat ishlab chiqarishga, 18 mln m
3
suv 
ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi. 
Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega 
bo‘lib, hududda turli tabiiy ma‘danlar uchraydi. Viloyat hududida uchraydigan 
tabiiy ma‘danlarni quyi-dagicha tasniflash mumkin: 1) yoqilg‘i– energetika
boyliklari, 2) rudali foydali qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral 
boyliklar. 
Mingbuloq va Namangan tumanlarida olib borilgan geologik tadqiqotlar 
natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft 
koni mavjudligi tasdiqlandi. Bu konning ochilishi respub-likamiz mustaqilligini 
mustahkamlashga, xalqimizning farovon hayot kechirishida muhim omil bo‘lishi 
tabiiy. Dastlab, 1965 yildan boshlab Chortoq tumani hududida neft qudug‘idan 
qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi 
qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming 
tonna atrofida neft qazib olindi. Ishlab chiqarishga keng joriy qilingan hamda 
respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ 
yonba-g‘irlarida joylashgan hududlarda tabiiy gaz va qisman ko‘mir qazilmasi 
mavjud. 
Namangan viloyati hududidan qadim zamonlardan boshlab oltin qazib 
olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari 
Qurama tog‘ining janubiy-sharqida, Chodaksoy havzasida paleozoy erasiga 
mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen 
davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, 
ushbu mis konlarini foydalanishga tadbiq qilish respublikamizning boshqa 
hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab 
qiladi.


39 
SHu bois bu konlar hozirgi paytda foydalanishga tadbiq qilinmagan. 
Qurilish materiallari, viloyat hududida keng tarqalgan, ular soz tuproq, qum, 
shag‘al, ohaktosh kabilarga boy. G‘isht va boshqa qurilish materiallari sifatida 
foydalanib kelayotgan soz tuproq (lyoss)lar viloyatning tog‘li va tog‘oldi 
hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va 
tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 
dan ortiq qurilish hom ashyosi konlari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash 
natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan qurilish materiallari sifatida xalq 
xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Mazkur konlardan 18 tasi g‘ishtbop lyoss, 2 
tasi g‘ishtbop gil, 2 tasi granit bezaktosh, 2 tasi ohaktosh va 6 tasi qum-shag‘al 
kar‘erlaridir. Ushbu konlar To‘raqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy, Chortoq, 
Yangiqo‘rg‘on, Namangan, Uchqo‘rg‘on tumanlarida ochilgan. Mazkur 
hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish 
imkoniyatlar mavjud.
Viloyat hududi shifobaxsh xususiyata ega bo‘lgan mineral buloqlarga 
boyligi bilan ajralib turadi. Chortoq, Shaxand, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on mineral 
suvlari tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy hamda minerallashgan ishqorli 
termominerallar mavjudligi sanatoriy-kurortlar tizimining yuzaga kelishiga sabab 
bo‘lgan.
Viloyat mehnat taqsimotida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, 
yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida Namangan viloyaida mamlakatimizda bo‘lgani kabi 
qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. 
Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor 
munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakllariga o‘tish, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini 
tashkillash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash strategik 
vazifa sifatida qaraldi. 
Iqtisodiy islohotlar davomida Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini ta‘minlash, 


40 
mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda fermerchilik harakatini kengaytirish 
ya‘ni jamoa va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil 
etish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligida yangi 
agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi. 
Qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatning ustuvor 
yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik 
yuritish mexanizmini asta-sekin takomillashtirib borishga, xo‘jaliklarning 
moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlashga, qishloq aholisi turmush darajasini 
yaxshilashga hamda qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlashga asoslangan xorijiy investitsiya negizidagi sanoat korxonalarini 
rivojlantirishga turtki berdi. Natijada, mamlakatimizda bo‘layotgani kabi 
Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi 
pasayish jarayonlariga barham berildi. 
Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik 
(paxta, pilla, meva, uzum yetishtirish), yengil va oziq-ovqat sanoatiga 
ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 
2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi 
(Soliev, 2014). Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 10,8 foizini sanoat, 36,8 
foizini qishloq xo‘jaligi beradi. Bu yerda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari 
mavjud, ularning rivojlanganlik holati, ixtisoslashuvi va muammolari viloyatning 
geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati va mehnat 
salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan
Mintaqaning yer maydoni, uning agroiqlimiy resurslari, soylar va qator 
irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat 
qiladi. Xususan, viloyat hududi, uning qator adirlarini quyoshga ro‘para turganligi 
ham ijobiy ahamiyatga ega. Bu yerda Shimoliy Farg‘ona kanali, Katta Andijon, 
Katta Namangan va Katta Farg‘ona kanallari asosiy sug‘orish manbalari 
hisoblanadi.


41 
Bugungi kunda qulay agroiqlimiy sharoit va omillar ta‘sirida mintaqa 
qishloq xo‘jaligida o‘ziga hos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga 
keldi.
Viloyatda 235 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida 
foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 
39,1 % bo‘lgan holda, uning kattaroq ko‘rsatkichlari Pop va Kosonsoy tumanlarida 
qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, 
bo‘z yerlar 3,4 ming ga ni, 987 gektarni esa meliorativ qurilish holatidagi yerlar 
tashkil etadi. 
Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligining ulushi 36,8 foizga 
teng bo‘lib, mingaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan. Paxtachilik, 
donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. 
Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha 
taqsimlanishi, zichligi va shuningdek demografik jarayonlardagi o‘zgarishlar 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qaysi bosqichlarda qanday rivojlanganligi, 
bugungi holati va iqtisodiy salohiyatini belgilab beruvchi va tadbirkorlikni 
rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi.
Viloyatda 2017 yil holatiga ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi 
qishloq joylarida, 1743,1 ming kishi yoki 64,6 foizi shahar va shaharchalarda 
joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi . 
Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va 
qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli 
aholi o‘rtasida ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunga bevosita aholi tabiiy 
o‘sishining yuqoriligi, tarixiy-milliy an‘analarning kuchliligi, ko‘p bolalilik 
yo‘nalishi saqlanib qolganligi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini sezilarli 
o‘zgarganligi va qishloqlarda aholining milliy tarkibi ko‘pligi kabi omillar ta‘sir 
ko‘rsatgan. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 holatiga viloyatda mehnat resurslari soni 
o‘tgan yilga nisbatan 101,0 foizga ko‘payib, 1549,3 ming kishini yoki umumiy 
aholini 57,4 foizini tashkil qildi.


42 
Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 
1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.
2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan 
fuqarolardan 26849 nafari ishga joylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich, Namangan 
(4355 kishi) shahrida, Norin (2426 kishi), Uchqo‘rg‘on (2366 kishi) va CHust 
(2250 kishi) tumanlarida yuqori daraja qayd etilgan. 2017 yilda bandlikka 
ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 3768 nafari ishsiz 
deb e‘tirof etilgan. 2017 yilda viloyatda iqtisodiy faol aholi soni 10081.8 ming 
kishini tashkil etgan bo‘lib, mintaqa aholisining 40.3 foiziga teng bo‘lgan. 
Mehnatda bandlarning 84,7 foizi nodavlat sektr tarmog‘larida faoliyat yuritgan
(1-rasm).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin