Ishning tarkibi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, 6 ta
paragraf, xulosa, 41 ta nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
bo‘lib, umumiy xajmi 67 betni tashkil etadi. Ishning mohiyatini to‘laqonli
ochish maqsadida 3ta jadval va 7 ta diagrammalar berilgan.
―Tadbirkorlik faoliyatini geografik o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari‖
deb nomlangan birinchi bobda tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan
o‘rni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi hamda
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari kabilar yoritilgan.
3
https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2031-o-zbekiston-respublikasida-kichik-biznes-va-xususiy-
tadbirkorlikning-rivojlanishi
6
―Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitini rivojlantirish imkoniyatlari
va o‘ziga xos xususiyatlari‖ deb nomlangan ikkinchi bobda mintaqaning
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlari,
Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari va
istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari yortilgan.
7
I BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GEOGRAFIK O‟RGANISHNING
ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‟rni
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama
rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatlarini tezlashtiruvchi
eng asosiy yo`llardan biri bu tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning
uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo`llab-
quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko`rsatish, uni rag`batlantirishga
bag`ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda
olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik,
omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor
munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida,
ma`naviy va hayotiy ko`nikmalarida namoyon bo`lmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz Jahon bankining ma`ruzasida keyingi yillarda
tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng
yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o`nta davlat qatoridan joy olgani qayd
etilgan.
Tadbirkorlikni qo`llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil
rivojlanishi, xo`jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste`mol
bozorini to`ldirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta`minlamoqda.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan
xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi
yaratilganini qayd etish zarur. O'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini
oshirishning muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish bo'yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy
kafolatlar yaratilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy
omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
8
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning
o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining
o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta`sirida aniqlanadi.
Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda,
bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir.
Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy
menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli
foydalanishni ta`minlash zarurdir.
Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida
mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga
yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir. U iqtisodiy faollikning alohida turi
bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi
bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish
yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida
ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik
jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi
usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi. Uning yana
bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g`oyalarning amalga
oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra bilish qobiliyatida
namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq etish va
iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining
garovidir.
«Tadbirkorlik» tushunchasini quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik –
shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu
faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`-
uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan taqiqlanmagan
barcha xo`jalik faoliyati, shu jumla-dan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat
berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan shug`ullanishi mumkin.
9
Iqtisodiyotni erkinlashtirish tamoyillari ustun xarakterga ega bo‘lgan
bugungi kunda respublikada mulk va unga egalik huquqining daxlsizligi, erkin va
mustaqil xo‘jalik faoliyatining ta‘minlanishi mulkdorlar qatlamlarining mamlakat
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligining oshishida o‘ziga xos mavqega ega. Global
miqyosda raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda milliy iqtisodiyot
raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini har
tomonlama rag‘batlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Faol tadbirkor deganda,
biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish
o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf
keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini
kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga
asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish
uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz
bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba
orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama
imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim
4
.
Hozirgi davrda jamiyatda iqtisodiy va mulkiy tarkibni samarali tashkil
qilish, mulkdorlar sinfining yangi qatlamlarini vujudga keltirishning muhim sharti,
bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirishdir. Mazkur
tuzilmalar:
- raqobat muhiti tobora rivojlanib borayotgan bozor konьyukturasiga tez
moslashuvchanligi;
- iqtisodiyotda milliy (xususiy) investitsiya qatlamining vujudga kelishida
muhim ahamiyat kasb etishi;
- aholi ijtimoiy bandligi darajasini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo
etishdagi ahamiyati;
- aholining qo‘shimcha bandligi hamda qo‘shimcha daromad manbai
sifatidagi ijtimoiy roli;
4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.
http://president.uz/uz/lists/view/1371
10
- bu
tizimda
erkin
raqobat
munosabatlarini
yo‘lga qo‘yish va
takomillashtirishning qulayligi;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi tizimida yangi qatlamlar vujudga
kelishining bosh omili ekanligi kabi sifatlari bilan ko‘zga tashlanadi.
Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar
yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib
borish uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o`zida
ishbilarmonlik funkstiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy
holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to`rtta omil: huquqiy, siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o`zaro bog`likligi nat ijasida amalga oshiriladi.
Ular ijobiy yoki rag`batlantirish ko`rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu
holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik
faoliyatini olib borish uchun mos bo`ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga
amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo`lishini oldindan ko`ra
bilishiga keng imkoniyat tug`diradi. Tadbirkorning o`z ishi natijalarini oldindan
ko`ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor
ma`lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, u
holda u o`zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi.
Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to`g`ri kelmaydi. Amalda ko`p
hollarda tadbirkorlik muhitining ma`lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga
asosiy ta`sir ko`rsatadi, deb bo`lmaydi. Chunki, tadbirkorni ko`proq tadbirkorlik
muhitini belgilovchi omillarning o`zaro bog`liqligi qiziqtiradi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil
bo`lib hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun
tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan o`yinlar qoidasini
ko`rsatib beradi. O`yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga
oshirilayotgan ish (harakat)larni o`z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish
(harakat)larga nisbatan o`yin qoidalari turli shaklda namoyon bo`ladi. O`yin
qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab
11
chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`lidagi
barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko`rsatilib berilishi kerak. Umuman
olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha
qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tad-
birkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi
boshqa sub`ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to`liq yoki bir me`yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi
darajasiga katta salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O`zbekiston
Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini
tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi.
Buning ostida millatning qonunlarga to`liq rioya qilishi, ya`ni insonlarning ongida
qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo`lishi tushuniladi. Agar,
kerak bo`lgan barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki
tadbiq qilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo`ysunuvchan deb bo`lmaydi va
buni tadbirkor o`z faoliyatini yuritishda e`tiborga olishi shartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo`layotgan barcha hodisalarga
davlatning munosabatini va ularga davlatning ta`sirini belgilab beradi. Davlatning
tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta`sir ko`rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham
siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki
belgilangan bo`lishi mumkin. Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga
davlatning munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon
bo`ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning
barqarorligi katta ta`sir ko`rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo`lmasa, tadbirkorlar
katta investistiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik
muddatga mo`ljallangan turli xildagi operastiyalarni amalga oshirishga harakat
qilishadi. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o`z faoliyatini strategik jihatdan
loyihalashtirish, ya`ni uzoq muddatga mo`ljallangan ishlarni amalga oshirish
imkonini beradi.
12
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina
murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko`pgina elementlardan
tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga
olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
- jamiyatda mafkuraning holati;
- milliy urf-odatlar;
- millatning madaniy va maishiy odatlari;
- atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati;
- davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi.
Narx-navo tizimi, o`z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga
tadbirkor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit
stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to`lovlarni o`z ichiga oladi. Bunda
bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma`lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina
amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma`lum
bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog`liq bo`lib, undagi siyosiy va iqtisodiy
vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga
iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning
ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va
kerak bo`lgan resurslarni ishlatish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan
mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin
boshqarish usullari ma`muriy yoki direktiv ko`rinishida bo`lishi mumkin emas.
Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati sub`ektlariga ta`sir qiladigan choralardan emas,
balki shunday sub`ektlarning tarkib topishi yo`lida qulay shart-sharoitlarni
yaratishdan iborat bo`lishi kerak.
13
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko`p jihatli jarayon bo`lib, u o`z ichiga
quyidagi tarkiblarni qamrab oladi:
- ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog`liq
bo`lgan jamiyat a`zolari psixologiyasining o`zgarishi;
- tadbirkorlikni rag`batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy
o`sishining qo`shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta
rol o`ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o`stirish va
millatning farovonligi uchun xizmat qiladi.
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik
respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida
eng
rivojlangan
davlatlar
tomonidan
qo`llab-quvvatlanib
kelinmoqda.
Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar
mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko`rsatish yoki soliqlar to`lashda
tadbirkorlar uchun ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va
ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda
tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining
qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan
ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy
jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda
faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan
shug`ullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida,
tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va
tadbirkorlik muhiti darajalariga bog`liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga
davlatning aralashishi darajasiga bog`liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib
berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo`lmoqchi bo`lganlarning
qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi
ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun
14
barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko`rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi.
Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib
kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo`lgan barcha shart-sharoitlarni
yaratishi va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan
holda ish olib borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib
o`rnini topmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga
bo`linadi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi
desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tad birkorlik faoliyati tufayli mahsulot,
tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar
yuzaga keladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat
tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va
xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan
ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alo hida olingan turiga
kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan
iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi
mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mus taqil bank va sug`urta muas-
sasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting
(maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan
iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti
taraqqiyoti guvohlik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib
15
keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab
chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik
faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab
chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati
ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi
bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan
shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat
ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin
tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish
maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari -dorlari, ulgurji va
chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi
bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning
oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat
og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan
barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar
ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida
rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi
shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik
kuchlidir.
Yuqoidagilardan ko‘rinib turibdikii, mamlakatda tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish,
aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |