50
Tadbirkorlik muxitida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
sarmoya ishtirokidagi
korxonalarning tarkibida hamkor davlatlarning geografiyasi ham mazkur mintaqa
ixtisoslashuviga katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadik,
viloyatida
faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi 103 ta korxonalarning 69,9
foizi (72 ta) uzoq xorijiy davlatlar hissasiga, 30,1 foizi (31 ta)
esa Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari hissasiga to‘g'ri keladi. Jumladan,
viloyatda MDX davlatlari ishtirokidagi korxonalar sonida
Rossiya Federatsiyasi
ishtirokidagilar mutloq ustunlikka ega bo‘lib, ularning soni 23 tani tashkil etadi.
Ushbu korxonalar Namangan shaxrida 10 tani, Pop va Chustda 3 tadan, Chortoqda
2 tani, To‘raqorg‘on, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Namangan tumaniarida
1 tadanni tashkil etadi.
Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalarning 23 tasi Xitoy Xalq Respublikasi,
12
tasi Turkiya Respublikasi, 8 tasi Janubiy Koreya Respublikasi, 5
tasi Buyuk
Britaniya qolganlari esa Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa
davlatlar hissasiga to‘g‘ri
(4-rasm)
(4 rasm)
Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni to‟g‟risida ma‟lumot
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
51
Mintaqalar
iqtisodiyotini
erkinlashtirish,
iqtisodiy
munosabatlarda
demokratik tamoyillarning ustunligini ta‘minlash, erkin iqtisodiy xo‘jalik
faoliyatini qaror toptirish va kafolatlash tizimining barpo etilishi bilan bog‘liq
ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini
asosiy shakllaridan
bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning o‘rni katta sanaladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama
qo‗llab–quvvatlash va rag‗batlantirish, ularni erkin faoliyat
yuritishi uchun qulay
sharoit va muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida
Namangan viloyatida kichik biznes sub‘ektlarining soni 16928 tani tashkil qildi.
SHundan, dexqon va fermer xo‗jaliklarini xisobga olmaganda 2017 yilda 2353 ta
kichik biznes sub‘ektlarini tashkil etildi (2016 yilning shu davriga nisbatan 119,9
foizga ko‗pdir). Tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlarining
ixtisoslashuv
darajasi viloyat huduiy mehnat taqsimotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. SHu jihatdan,
assoiy kichik biznes sub‘ektlari sanoat tarmog‗ida (34,4 foizi),
savdo sohasida
(26,0 foiz), qishloq, o‗rmon va baliqchilik xo‗jaligida (12,7 foiz) va qurilishda (5,6
foiz) tashkil etilgan (-rasm).
(5-rasm)
Dostları ilə paylaş: