O‘quvchilarga esa qo‘yiladigan talablar quyidagicha bo‘ladi:
darsda diqqatni o‘qituvchiga qaratish, faol bo‘lishga harakat qilish;
ilgari o‘rganilganlarni tortinmay bayon qilish;
guruhdoshlar bilan hamkorlikda, o‘qituvchidan tushunmaganlari va bilmaganlarini tortinmay so‘rab olishga erishish;
berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, erinmay bajarish, mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tengdoshlari fikrini tahlil etish, muzokara, muhokamalarda faol ishtirok etib borish va h.k.
Xulosa
O’qish - bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonidir. O’quvchilar o’qish jarayonida bilim ko’nikma va malakalarni egallab oladilar. Bilimlarda obektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni o’rganishni nazarda tutadi.
Bilimlarning ta’sirchanligi, o’zlashtirish osonligi, o’zgaruvchanligi, turli sharoitda, jumladan, yangi bilimlarni egallash uchun foydalanishga qulayligi bilimlarning to’laligi va chuqurligining muhim ko’rsatkichidir.
Ko’nikma kishining ma’lum bir harakatlarni ongli ravishda bajarish qobiliyatidir, bu qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. Bilimlar bajarilayotgan harakatning nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlar tufayli harakatlarning ayrim bosqichlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo’ladi. Ko’nikmalar - bu amaldagi bilimlardir.
Malaka mashq qilish yo’li bilan hosil bo’ladigan ish-harakatdir. Mashq qilish natijasida yurish, o’qish, yozish, og’zaki hisoblash, xilma-xil mehnat jarayonlarini bajarish malakalari hosil qilinadi. O’quvchi harakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni ongining nazoratisiz avtomatik ravishda bajaradi. Lekin boshlang’ich bosqichda harakat doimo ongli suratda bajariladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqishdan iborat edi. Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda, ishda quyidagi masalalar hal qilindi: Informatika fanidan nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish mazmuni, o’rni, mohiyati, o’qitish holati tahlil qilindi; o’quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan masala va misollar ishlab chiqildi;
Informatika fanidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan didaktik mashqlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ta’lim texnologiyasi - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimli usuli bo’lib, u maqsadga erishishga yunaltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot to’grisidagi tadqiqotlar natijalariga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishning jonli, jonsiz vositalari bilan shugullanishga asoslanadi.
O’quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini aniqlashda quyidagi mezonlar ham inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir: o’quvchining fan bo’yicha egallagan bilimi, ko’nikmasi va malakasini amalda qo’llay olishi; intellektual qobiliyati; psixologik xususiyatlari; muammoni mustaqil hal qila olishi; yangiliklarga intiluvchanligi va o’z ustida ijodiy ishlashi; o’z fikrini ayta olishi va himoya qilishi.