normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar
11
Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan
bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik,
maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi
ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam
o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga
ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining
muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va
xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning
tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-
York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga
oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan
to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas.
Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil
qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan
buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik
yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida
shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar
tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish
qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-
birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli
to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik
ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga
oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-
tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar.
Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq,
12
chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki
xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida
xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda
buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib,
moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni
hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin
xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim,
mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik
firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar
va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari
auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: