15
Shuni ta’kidlash muhimki, ushbu Qonun xalqaro tamoyillarga yaqinroq talablariga o’z
vaqtida to’liq javob bergan. Qonunda dastlab quyidagi tushunchalar aniqlashtirildi: audit,
auditor, auditorlik tashkiloti, auditorlik xulosasi, auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Shu bilan
birgalikda, ushbu qonunda auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, Auditorlar
Palatasi faoliyatining huquqiy asoslari, moliyaviy hisobotlarni auditorlik xulosasi bilan
birgalikda chop etish talablari, auditorlik tekshiruvlarini o’tqazishdagi cheklovlar va boshqa
masalalar o’z aksini topgan edi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qonunga muvofiq va mustaqil
nazoratning maqsadga muvofiqligini kuchaytirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga boshqaruv
faoliyati, buxgalteriya hisobi va moliya sohasida malakali yordam ko’rsatish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va
xo’jalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish to’g’risida” 1993 yil 3
maydagi 198-sonli Qarori qabul qilindi. Ta’kidlab o’tish joizki, ushbu qarorda har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan o’tuvchi xo’jalik yurituvchi sube’ktlar turlari belgilab qo’yilgan edi.
Shuningdek ushbu qaror Auditor (auditorlik firmasi) to’g’risida vaqtinchalik nizom va
Auditorlar Palatasi to’g’risida vaqtinchalik nizom, auditorlik firmalari va auditorlarning jamoat
tashkiloti faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun aniq ravshan asos sifatida xizmat
qiladi. Shular qatorida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1993 yil 17
iyunda 293-sonli “Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi
Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi, bu esa auditorlik firmalarining faoliyatini
tashkil etishga bo’lgan davlatning oshib borayotgan qiziqishidan dalolat berar edi. Shu bilan
birgalikda, Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun
maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 1994 yil 19
apreldagi 215-sonli Qaroriga asosan, Auditorlik faoliyatini litsenziyalovchi davlat organi sifatida
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi belgilangan edi.
Mamlakatimizda auditorlik faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida yana bir muhim
qadamlardan
biri
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston
Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot
xizmatlari ko’rsatish agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to’g’risida”gi 1996 yil
25 apreldagi 161-sonli Qarorining qabul qilinishi bo’ldi, bu esa o’z navbatida qimmatli qog’ozlar
bozori qatnashchilari moliya-xo’jalik faoliyatida auditning rivojlanishi uchun muhim turtki
bo’ldi.
Auditorlik faoliyatini yagona tizim sifatida to’liq rivojlanishida navbatdagi qadamlardan
biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 iyuldagi PF-1500 sonli
“Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining
16
qabul qilinishi hisoblandi, shunga muvofiq Respublika Markaziy bankiga quyidagi vakolatlar
berilgan edi:
O’zbekiston Respublikasi banklari tizimiga kiruvchi banklarda auditorlik tekshiruvini
amalga oshirilishini nazorat etish;
auditorlarga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarida qatnashish
huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish;
auditolik tashkilotlariga Respublika tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarini
o’tqazish huquqini beruvchi maxsus sertifikat berish va boshqalar.
“Auditorlik foaliyati to’g’risidagi” qonunning birinchi chop etilishida auditorlik
tekshiruvlarini o’tqazishda muhim ahamiyatga ega, auditorlik qoidalari yoki standartlarini
kiritish va qayta ishlash masalalri ko’zda tutilmagan edi. Auditorlar o’z faoliyatlarini xalqaro va
milliy tajribalarni umumlashtirish yordamida, ishlab chiqilgan aniq kasbiy qoidalarga muvofiq
amalga oshirishlari lozim edi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qo’llanilishi lozim
bo’lgan asosiy usul va tamoyillar mazmunini ochib beruvchi bunday qoidalar yoki standartlar
bo’lib auditorlik faoliyatini milliy standartlari hisoblanadi.
1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 iyun 1999 yildagi 296-
sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga muvofiq, auditorlik faoliyati
milliy standarlarini ishlab chiqish boshlandi va bu ishga Respublika Moliya Vazirligi mas’ul etib
tayinlangan edi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning birinchi nashri o’zining kutilgan natijasini
berdi – ya’ni Respublikada auditorlik faoliyati o’z o’rnini topganligini ishonch bilan aytish
mumkin edi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning
Dostları ilə paylaş: