20
1-chizma. Audit o’tkazishga qo’yilgan talablar
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga
oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan
to’qnashadilar. Ammo “audit” tushunchasi hali ko’pgina iqtisodiy sub’ektlar uchun
to’liq va aniq tasavvurga ega bo’lmagan sohalardan bir bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va
rivojlanishi, iqtisodiy isloholotlarning liberallashtirishi natijasida turli mulkchilik
shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali
tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni
takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi sharoitida, iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish shakllarini hamda
biznes ko’rsatkichlarini baholash usullari tizimini takomillashtirish muhim
ahamiyat kabs etmoqda. Xususan, moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri
hisoblangan mustaqil va muqobil auditorlik nazorati mexanizmini samarali
shakllantirish hamda uni bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas qismi
sifatida rivojlantirish zarurati yanada kuchaymoqda.
Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish
natijasida korxonalar moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samarali tashkil etish uchun
auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, hamda o’zaro hisob-kitobni yaxshilash
maqsadida ularga maslahat, tavsiyalar, moliya, soliqqa tortish, moliyaviy
boshqarish va huquq sohasidag hamda boshqa turlardagi malakali yordam
ko’rsatadigan auditorlarga ehtiyoj yanada kuchaymoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari ish sifatini
yanada oshirish hamda auditor malaka sertifikatiga ega auditorlarni audit
tekshiruvlarini xolisona, sifatli va haqqoniy o’tkazilishini ta’minlashni tartibga
solish maqsadida bir qancha ilmiy va amaliy choralar ishlab chiqilmoqda.