Oldin qabul qilingan qonunning tubdan qayta ishlab chiqilishi, milliy auditorlik faoliyati
tizimining respublikadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning umumiy jarayonidan orqada
qolishini tugatish, milliy auditning unga xos bo’lgan funktsiyalarini bosqichma-bosqich,
samarali, ratsional va muvofaqqiyatli bajarish uchun qulayroq sharoitlar yaratilishi zaruriyati
Yuqorida ta’kidlangan qonunning yangi tahririda auditor va auditorlik tashkiloti, auditorlik
xulosasi va auditorlik hisoboti o’rtasidagi farqlar aniq tartiblashtirildi, auditorlik tekshiruvlari
majburiy va tashabbus tarzidagi tekshiruvlarga ajratildi, auditorlik faoliyatida auditorlik
17
tekshiruvlaridan tashqari aniq belgilangan professional xizmatlar tartibi, huquqlarning
kengayishi, auditorlik tekshiruvlaridan o’tuvchi xo’jalik sube’ktlari va auditorlik tashkilotlari
majburiyatlari va javobgarliklari, auditorlik tashkilotlari litsenziyasini to’xtatib turish, tugatish va
bekor qilish masalalarini yoritilishi, shuningdek auditorlik malaka sertifikatini tugatish va bekor
qilish kabi masalalar o’z echimini topdi.
Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida
ko’zda tutilgan Auditorlik faoliyatining tartibga solish mexanizmlarini amalga oshirish,
shuningdek auditorlik tekshiruvlarining rolini va huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 sentyabr 2000 yilda 365-sonli “Auditorlik
faoliyatni takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning axamiyatini oshirish to’g’risida”gi
qarori qabul qilingan edi, bunga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish
maxsus organi vakolati Respublika Moliya Vazirligiga biriktirilgan edi, banklarda auditorlik
faoliyati qismi uchun esa – Markaziy Bank maxsus organ etib tayinlangan edi. Shuningdek
yuqorida ta’kidlab o’tilgan qaror bilan birgalikda soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar
tomonidan auditorlik xulosalarini ro’yxatga olish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, majburiy
auditorlik tekshiruvilari o’tqazilishidan bosh tortgan xo’jalik yurituvchi sube’ktlardan jarimalarni
undirish to’g’risidagi Yo’riqnoma va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik
tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Yo’riqnomalar ham tasdiqlangan edi.
Moliya Vazirligi orqali davlat tomonidan tartibga solinishi qo’yidagilarni nazarda tutadi:
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, auditorlik faoliyatini tartibga
solish, shu jumladan milliy auditorlik faoliyati standartlarini ham ishlab chiqish;
auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartlari va talablariga rioya qilinishini nazorat
qilish, litsenziya shartnomalarini amalga oshirish.
auditorlik malaka sertifikatini olishga da’vogarlar uchun malakaviy talablarni o’rnatish;
auditorlik malaka sertifikatini olish uchun auditorlarni o’qitish dasturi va malaka
imtixonini topshirish tartibi bo’yicha respublika jamoat birlashmasining kelishuvini tasdiqlash;
auditorlik malaka sertifikatini olish huquqi auditorlar kvalifikatsion imtihoni
respupblika jamoat birlashmasi qatnashchilari tomonidan o’tqazilishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziyani to’xtatib turish va bekor qilish;
bekor qilingan va to’xtatib turilgan auditorlik malaka sertifikati faoliyatini qayta berish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziyasi bo’lgan, auditorlik tashkiloti
hisobida va malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlani auditorlar reestiriga kiritish.
Banklarda auditorlik tekshiruvlarini o’tqazish masalalari Markaziy bank tomonidan tartibga
solinadi.
18
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunga
muvofiq auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda amalga oshiriladi;
Auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning ushbu bosqichidagi muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 sentyabr 2006 yildagi
475-sonli “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarorining qabul qilinishi hisoblanadi.
Shunday qilib, yuqoridagi qarorda quyidagilar ko’zda tutilgan, ya’ni 2007 yil 1
yanvardan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda
ichki audit tashkil etilishi lozim bo’lib, u kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va o’z
navbatida unga hisobot beruvchi hisoblanadi va shuningdek ustav kapitalida davlat aktsiyalari
paketi(ulushi) 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik
tashkilotlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi va Moliya vazirligi
tomonidan aniqlanadigan ro’yxatga muvofiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: