Hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi tursunov qaxramon to


-chizma. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#41329
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari

4-chizma. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi  

Ta’kidlash joizki, mustaqillikka dastlabki yillari Respublikamizda auditorlik 

faoliyatida  tubdan  yangi  bo’lgan  huquqiy  –  meyoriy  qonunchilik  bazasi  yaratildi. 

Ushbu  yaratilgan  baza  mamlakatimizda  auditorlik  faoliyatini  rivojlantirishda 

muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi. 

Quyida har bir bosqichni batafsil tavsiflashga harakat qilamiz. O’zbekiston 

Respublikasida  auditorlik  faoliyatini  tashkil  qilishdagi  dastlabki  bosqichlaridan 

birinchisi,  uni  kelajakda  rivojlanishi  va  istqbolini  yaratish  maqsadida  1992  yil  9 

dekabrda  “Auditorlik  faoliyati  to’g’risda”gi  qonun  qabul  qilindi.

 

Auditorlik 



faoliyatini  rivojlanishining  birinchi  bosqichi  1992  yil  “Auditorlik  faoliyati 

to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi.

 

Mustaqil audit yordamida 



davlat  va  xususiy  mulk  egalarining  mulkiy  manfaatdorligini  himoya  qilish 

Qonunning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.

  



26 

O’zbekiston  Respublikasida  auditorlik  faoliyatini  rivojlantirish  va 

takomillashtirishning  ikkinchi  bosqichi  26  may  2000  yilda  “Auditorlik  faoliyati 

to’g’risida”gi qonunning yangi tahrirda chop etilishi bo’ldi.  

Oldin  qabul  qilingan  qonunning  tubdan  qayta  ishlab  chiqilishi,  milliy 

auditorlik 

faoliyati 

tizimining 

respublikadagi 

iqtisodiy 

islohotlarni 

chuqurlashtirishning  umumiy  jarayonidan  orqada  qolishini  tugatish,  milliy 

auditning unga xos bo’lgan funktsiyalarini bosqichma-bosqich, samarali, ratsional 

va  muvofaqqiyatli  bajarish  uchun  qulayroq  sharoitlar  yaratilishi  zaruriyati  bilan 

belgilanadi.  

Yuqorida  ta’kidlangan  qonunning  yangi  tahririda  auditor  va  auditorlik 

tashkiloti,  auditorlik  xulosasi  va  auditorlik  hisoboti  o’rtasidagi  farqlar  aniq 

tartiblashtirildi,  auditorlik  tekshiruvlari  majburiy  va  tashabbus  tarzidagi 

tekshiruvlarga  ajratildi,  auditorlik  faoliyatida  auditorlik  tekshiruvlaridan  tashqari 

aniq belgilangan professional xizmatlar tartibi, huquqlarning kengayishi, auditorlik 

tekshiruvlaridan  o’tuvchi  xo’jalik  sube’ktlari  va    auditorlik  tashkilotlari 

majburiyatlari  va  javobgarliklari,  auditorlik  tashkilotlari  litsenziyasini  to’xtatib 

turish,  tugatish  va  bekor  qilish  masalalarini  yoritilishi,  shuningdek  auditorlik 

malaka sertifikatini tugatish va bekor qilish kabi masalalar o’z echimini topdi.  

Yangi  tahrirdagi  “Auditorlik  faoliyat  to’g’risida”gi  O’zbekiston 

Respublikasi  qonunida  ko’zda  tutilgan  Auditorlik  faoliyatining  tartibga  solish 

mexanizmlarini  amalga oshirish, shuningdek  auditorlik  tekshiruvlarining  rolini va 

huquqiy  maqomini  mustahkamlash  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  22  sentyabr  2000  yilda  365-sonli  “Auditorlik  faoliyatni 

takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning axamiyatini oshirish to’g’risida”gi 

qarori  qabul  qilingan  edi,  bunga  muvofiq  auditorlik  faoliyatini  litsenziyalash  va 

tartibga solish maxsus organi vakolati Respublika Moliya Vazirligiga biriktirilgan 

edi,  banklarda auditorlik faoliyati qismi uchun esa – Markaziy Bank maxsus organ 

etib tayinlangan edi. Shuningdek yuqorida ta’kidlab o’tilgan qaror bilan birgalikda 

soliq  va  boshqa  nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan  auditorlik  xulosalarini 



27 

ro’yxatga olish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, majburiy auditorlik tekshiruvilari 

o’tqazilishidan bosh tortgan xo’jalik yurituvchi sube’ktlardan jarimalarni undirish 

to’g’risidagi Yo’riqnoma va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik 

tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Yo’riqnomalar ham tasdiqlangan edi.  

Ta’kidlash  lozimki,  O’zbekiston  respublikasi  “Auditorlik  faoliyati 

to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq  auditorlik  tekshiruvlari  majburiy  va  tashabbus 

tarzidagi shakllarda amalga oshiriladi

Respublikada 

auditorlik 

faoliyatini 

tartibga 

solishning 

muhim 


elementlaridan biri auditorlik faoliyatining milliy standartlari hisoblanadi. 

Respublikada  AFMSlarini  ishlab  chiqish  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

Birinchi  AFMS  1999  yil  qabul  qilingan  edi  va  unda  auditorlik 

tekshiruvlariga  asosiy  talablar,  rejalashtirish,  hujjatlashtirish,  auditorlik  tanlovlari 

va  boshqa  masalalarga  oydinlik  kiritildi.  Hozirgi  kuda  Respublikamizda  21  ta 

auditorlik faoliyati milliy standartlari qabul qilingan.  

Mamlakatimiz  audit  tizimining  kelgusida  professional  tadbirkorlik  tizimi 

sifatida  rivojlanishi  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishga,  O’zbekiston 

Respublikasining jahon xo’jalik tizimiga bosqichma bosqich integratsiyalashuviga 

va chet el kapitalini keng qamrovli jalb qilinishiga, shuningdek turli mulkchilik va 

tashkiliy-huquqiy  shakldagi  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarni  tashkil  etishga  ko’p 

jihatdan bog’liq. 

Muvofiq  ravishda,  yuqorida  keltirib  o’tilgan  auditorlik  faoliyati  sohasidagi 

muammolarni  samarali  bartaraf  etish,  mustaqil  audit  tizimini  rivojlantirish, 

auditorlik  xizmatlari  sifatini  oshirish,  auditorlik  tashkilotlari  faoliyatini 

boshqarishning  samarali  usullarini  tadbiq  etish,  ularning  auditorlik  tekshiruvi 

natijalari  uchun  javobgarligini  va  auditorlik  tekshiruvlarining  ob’ektivligini 

oshirish,  shu  asosda  tadbirkorlik  tizimlari  tomonidan  ularga  bo’lgan  ishonchni 

oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi 

PQ-615  sonli  “Auditorlik  tashkilotlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  ular 



28 

ko’rsatayotgan  xizmatlar  sifati  uchun  javobgarlikni  oshirish  to’g’risida”gi  qarori 

qabul qilindi. 

Yuqorida  ta’kidlab  o’tilgan  qarorning  qabul  qilinishi  mamlakatimizda 

audtorlik  faoliyatini  kelajakda  rivojlantirish  va  takomillashtirish  hamda  uni  isloh 

etish yo’lida uchinchi bosqichining boshlanishi bo’lib xizmat qildi. 

Ushbu  qaror  O’zbekiston  Respublikasida  auditorlik  faoliyatini  kelgusida 

isloh qilish yo’lida yana bir kuchli turtki bo’lib xizmat qildi. 

Yuqorida  aytib  o’tilgan  qarorning  muhim  omillaridan  biri  bo’lib  auditorlik 

tashkilotlari  to’g’risidagi  Nizomning  tasdiqlanishi  hisoblanadi.  Ushbu  Nizomda 

auditorlik 

tashkilotlarining 

asosiy 

vazifalari, 

huquq 

va 


majburiyatlari, 

javobgarliklari,  auditorlik  tashkilotlari  faoliyatini  tashkil  etish,  auditorlik 

tashkilotlariga  qo’yilgan  litsenziya  talablari  va  shartlari,  shuningdek,  auditorlik 

tashkilotlari  tomonidan  litsenziya  talablari  va  shartlariga  rioya  qilishining  hisobi, 

hisoboti va nazorati aniq tartibga solingan. 

Audtiorlik  faoliyati  to’g’risidagi  Qonunga  va  yuqorida  aytib  o’tilgan 

Nizomga  muvofiq  auditorlik tashkilotli  bu  -  auditorlik  faoliyatini  amalga oshirish 

litsenziyasiga  va  o’z  nomi  bitilgan  muhrga,  mustaqil  balansga,  banklarda  o’z 

hisob-kitob raqamiga  ega bo’lgan yuridik shaxsdir.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  4  aprelda  PQ-615-sonli 

“Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan 

xizmatlar  sifati  uchun  javobgarlikni  oshirish  to’g’risida”gi  qarori  qabul 

qilinguncha,  auditorlik  tashkiloti  ustav  kapitalining  kamida  51  foizi  bir  yoki  bir 

necha  auditorlarga  tegishli  bo’lishi  belgilab  qo’yilgan  edi  (chet  el  auditorlik 

tashkilotining  -  filial  yoki  sho’’ba  korxonasini  tashkil  etilish  holatlari  bundan 

mustasno).  Bunda:  ustav  kapitalining  ushbu  ulushi  aynan  shu  auditorlik 

tashkilotining  auditoriga  (auditorlariga)  yoki  ushbu  tashkilotda  ishlamaydigan 

auditorga  tegishliligi  muhim  emas  edi,  muhimi  ta’sischida  auditorlik  malaka 

sertifikati bo’lishi hisobga olingan.  



29 

Endi auditorlik tashkiloti ustav kapitalining ushbu ulushi amaldagi auditorlik 

malaka  sertifikati  bo’lgan,  shuningdek,  ushbu  auditorlik  tashkilotining  auditori 

(asosiy  ish  joyidagi  yoki  o’rindoshlik  asosidagi  shtatdagi  xodimi)  bo’lgan 

ta’sischiga  (ta’sischilarga)  tegishli  bo’lishi  lozim.  Shunday  qilib,  auditorlik 

tashkiloti  ustav  kapitalining  kamida  51  foizi  ushbu  auditorlik  tashkilotining  bir 

yoki bir necha shtatdagi auditorlarga tegishli bo’lishi lozim va auditor (auditorlar) 

faqat bitta auditorlik tashkilotida ta’sischi bo’lishi mumkin. 

Yuqorida  eslatib  o’tilganidek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  4 

apreldagi  2007  yildagi  PQ-615  sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  auditorlik 

tashkilotlari to’g’risidagi Nizomda shuningdek, quyidagilar ko’zda tutilgan: 

 



auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  qo’shimcha  talablar  va 

shartlar; 

 litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  uchun  asos  bo’lib  hisoblanadigan 



litsenziya  talablari  va  shartlarini  bir  marta  qo’pol  ravishda  buzishga  kiradigan 

qo’shimcha talablar

 

auditor  malaka  sertifikatining  amal  qilishini  tugatish  uchun  asos  bo’lib 



hisoblanadigan bir marta qo’pol ravishda buzishga kiradigan qo’shimcha talablar; 

 



auditorlik  tashkilotlariga  qo’yiladigan  qo’shimcha  litsenziya  talablari  va 

shartlari; 

Mamlakatimizning  bugungi  kundagi  auditorlik  faoliyatida  shuni  alohida 

takidlash  lozimki,  auditorlik  tashkilolari  to’g’risidagi  nizomga  muvofiq  auditorlik 

tashkilotlari  amaliy  rotatsiyaga  kirishlari  ya’ni  ular  bitta  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektning  auditorlik  tekshiruvini  uch  yildan  ortiq  ketma-ket  o’tkazishlari 

mumkin  emas.  “Auditorlik  faoliyati  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi 

Qonuniga  muvofiq,  auditorlik  tashkilotlari  auditorlik  tekshiruvlarini  o’tkazish 

uchun  shtatdagi  auditorlarni  yoki  auditorlik  tashkiloti  bilan  fuqarolik-huquqiy 

xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb qiladilar

  

Auditorlik  tashkilotlari  auditorlik  tekshiruvi  buyurtmachilari,  xo’jalik 



yurituvchi  sub’ekt  va  moliyaviy  hisobotdan  boshqa  foydalanuvchilar  oldida 


30 

moliyaviy  hisobot  hamda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  boshqa  moliyaviy 

axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish 

oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi. 

Auditorlik  tekshiruvini  sifatsiz  o’tkazganlik  yoki  lozim  darajada 

o’tkazmaganlik  oqibatida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektga  va  (yoki)  auditorlik 

tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, 

qonun  xujjatlarida  belgilangan  tartibda  qoplanishi  shart.  Bundan  ko’rinadiki 

auditorlik  tashkiloti  va  auditorlarning  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  auditorlik 

tekshiruvlari  o’tkazish  davrida  moliyaviy  hisobot  va  boshqa  moliyaviy  axborot 

to’g’riligi sifatli auditorlik tekshirishlarni amalga oshirish bilan belgilanadi. 

Yuqoridagi  takliflarni  umulashtirgan  holda  shuni  ta’kidlash  mumkinki, 

bizning  Respublikamizda  auditorlik  va  unga  yondosh  bo’lgan  professional 

xizmatlarga  talab  va  qiziqishlar  oshib  boradi,  bu  esa  o’z  navbatida  O’zbekiston 

Respublikasini  kelajakda  xalqaro  auditorlik  xizmatlari  bozorida  milliy  auditorlik 

faoliyatimiz muvofaqqiyatini ishonchliligini ta’minlaydi. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin