3-chizma. Auditorlik faoliyatining tavsifi
Shuningdek, O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim
vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish
qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik
kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.
Muvofiq ravishda, yuqorida keltirib o’tilgan auditorlik faoliyatini
rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari
faoliyatini boshqarishning samarali usullarini tadbiq etish, ularning auditorlik
tekshiruvi natijalari uchun javobgarligini va auditorlik tekshiruvlarining
ob’ektivligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga bo’lgan
ishonchni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4
apreldagi
PQ-615-
sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada
takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni
oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini kelgusida
isloh qilish yo’lida yana bir kuchli turtki bo’lib xizmat qildi.
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik faoliyatini
tashkil etishning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik
faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va tahlil etish,
muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va
tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil
auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi
qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik xizmatining sifatli o’tkazilishini
rag’batlantirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |