Hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi tursunov qaxramon to


 Auditning paydo bo’lishi va auditorlik faoliyatini shakillantirish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#41329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari

1. Auditning paydo bo’lishi va auditorlik faoliyatini shakillantirish 

Ma’lumki,  har  qanday  voqea,  hodisa,  buyum  qaysi  zamonda  va  makonda 

paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid 

manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:  

 axborot 

etkazib 


beruvchilar 

(ma’muriyat) 

bilan 

axborotlardan 



foydalanuvchilar 

(davlat 


organlari, 

banklar, 

aktsiyadorlar, 

kreditorlar) 

manfaatlarining  mos  kelmasligi,  natijada,  ular  o’rtasida  ziddiyatli  vaziyatlar 

yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi; 

 noto’g’ri  axborotlarga  asoslangan  holda  xo’jalik  qarorla-rining  qabul 

qilinishi  natijasida  noqulay  iqtisodiy  ahvolga  tushib  qolinishi  yoki  inqirozga  yuz 

tutilishi; 

 iqtisodiy  axborotlarning  haqqoniyligini  tasdiqlash  uchun  zarur  maxsus 

bilimlarga ehtiyoj; 

 axborotlardan  foydalanuvchilarda  ma’lumotlarni  bevosita  baholash  va 

sifatini  aniqlash uchun  maxsus  malaka, vaqt va  materiallarning  etishmasligi va h. 

k.  


Mana  shu  muammolarni  hal  qilishga  yordam  beradigan  auditorlik  xizmatlari 

shakllana boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim 

qilinadigan  hisobotlar  to’g’risida  xolis  fikr-mulohazalar  bildirishdir.  Auditorlar 

etarli  bilim  va  tajribaga,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  hujjatlari  va  asoslovchi 

ma’lumotlarni  olish  huquqiga  ega  bo’lganliklari  uchun  bu  vazifani  malakali 

darajada 

bajaradilar. 

Bundan 


tashqari, 

ular 


korxona 

ma’muriyatiga 

bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.  

Ayrim  manbalarga  ko’ra  buxgalter-auditor  kasbi  XVII  asrning  o’rtalarida 

Evropaning  aktsiyadorlik  kompaniyalarida  aktsiyadorlar,  kreditorlar  va  soliq 

xizmati  xodimlari  o’rtasidagi  munozarali  masalalarni  hal  qilib  berish  zarurati 

tufayli  shakllana  boshlagan.  O’sha  paytlarda  mustaqil  faoliyat  ko’rsatib, 

korxonaning  ishlab  chiqarish  moliya  faoliyati  to’g’risida  aniq  xulosa  beradigan 




mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan.  

Natijada,  1862  yili  Angliyada,  1867  yili  Frantsiyada,  1937  yili  esa  AQShda 

majburiy  audit  to’g’risidagi  qonun  qabul  qilingan.  Hozirgi  paytda  bozor 

iqtisodiyoti 

rivojlangan 

mamlakatlarda 

o’zining 

tashkiliy 

huquqiy 


infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.  

Auditorlik  kasbi  turli  xil  mamlakatlarda  turlicha  nomlanib  kelingan.  Masalan, 

Amerikada  jamoatchi-buxgalter,  Frantsiyada  buxgalter  ekspert  yoki  schyotlar 

bo’yicha  komissar,  Germaniyada  xo’jalik  nazoratchisi,  yoki  kitoblar  (Das  Buch) 

nazoratchisi,  qator  anglo-saksoniya  mamlakatlarida  kompaniyaning  moliyaviy 

faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar.  

Auditorlik  faoliyatining  rivojlanishiga  1929-1933  yillarda  jahon  iqtisodiy 

tanazzuli  katta  turtki  bo’ldi.  Bu  davrda  aktsiyadorlik  jamiyatlari  va  boshqa 

korxonalarning  ko’pchiligi  inqirozga  yuz  tutdilar.  Natijada  hisobotlarni,  xususan, 

balans,  foyda  va  zararlar  to’g’risidagi  hisobot  ma’lumotlarini  tasdiqlash  tartibini 

qat’iy  belgilash,  ularning  to’g’riligi  va  haqqoniyligini  mustaqil  auditorlar 

tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan . 

Audit XIX asr o’rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan.  

Ingliz  temiryo’lchilari,  sug’urta  va  boshqa  investorlar  Shimoliy  Amerikaga 

yo’l  olishganida  ular  bilan  birga  yirik  ingliz  sarmoyador  (kreditor)larining 

manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar.  

1844 

yilda 


Angliyada 

aktsiyadorlik 

kompaniyalarining 

buxgalteriya 

schyotlarini,  aktsiyadorlarga  beriladigan  hisobotlarni  yiliga  kamida  bir  marta 

mustaqil  buxgalterlar  tekshiruvidan  majburiy  o’tkazilishini  talab  qiladigan 

qonunlar chiqarilgan.  

Dastlab  auditorlik  vazifalari  aniq  belgilanmagan  bo’lib,  barcha  investorlar, 

aktsiyadorlar,  kreditorlar  auditorlarni  o’zlarining  himoyachisi  sifatida  qabul 

qilganlar.  

Auditorlar  haqida  ularni  aktsiyadorlar  oldidagi  mas’ul  shaxslar  deb  qarash 

1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu 




qonunga  muvofiq  barcha  kompaniyalar  o’zlarining  moliyaviy  hisobotlarida  foyda 

va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. 

Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi 

hamda  rivojlanishi  natijasida  mamlakatni  boshqarish  uchun  hisob,  nazorat  va 

moliya  ishlariga  zaruriyat  kuchaygan.  Ularning  ildizlari  insoniyatning  uzoq 

tarixiga  borib  taqaladi.  Masalan,  auditorlik  professor  P.  I.  Kamishanov 

ma’lumotlariga  ko’ra  taxminan  eramizdan  oldingi  200  yillarda  kasb  sifatida 

shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar ya’ni Rim Imperiyasi davrida moliya 

va  sudlov  ishlarini  olib  boruvchi  mansabdor  shaxslar  joylardagi  hukumat 

buxgalterlari  ustidan  nazorat  qilib  turganlar.  Kvestorlarning  hisobotlari  Rimga 

yuborilib,  imtihon  qiluvchilar  tomonidan  eshitilgan.  «Auditor»  lotinchadan 

«eshituvchi» degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan.  

Demak,  «Audit»  tushunchasi  lotincha  bo’lib,  «auditing»  -  aynan  tarjimasi  «u 

eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. 

Keyingi  25  yil  mobaynida  auditorlik  faoliyati  3  xil  rivojlanish  bosqichidan 

o’tdi: 

1. Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.  

2. Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat 

qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.  

3. Tavakkalchilikka  asoslangan  audit  -  sistemani  nazorat  qiluvchi  shaxslar 

tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.  




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin