Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi
qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish
Xo’jalikning moliyaviy faoliyatiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni
taxlil qilish
Xo’jalikning moliyaviy faoliyatidagi xato va kamchiliklarini aniqlash
Xo’jalikning moliyaviy faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berish
2-chizma. Respublikamizda auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi
Respublikamizda auditorlarning qonuniy huquq va majburiyatlarini himoya
qiladigan, ular malakasini oshirish bo’yicha doimo tadbirlarni amalga oshiradigan
nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etilib, ular bugungi kunda o’z faoliyatini olib
bormoqda. Bunday tashkilotlar qatoriga O’zbekiston auditorlar palatasi,
O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi va O’zbekiston
biznes fanlari o’qituvchilari assotsiatsiyasi kiradi.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi
ta’rifiga ega bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli
manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaevaning
«O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditorlik
faolityatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Auditorlik faoliyati – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan
korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu
hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik
darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
22
Auditorlik faoliyati va auditor tushunchalariga ta’rif 2000 yil 26 mayda
qabul qilingan yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi qonunida quyidagicha keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |