“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8 100
xafalik, qo‘rqish, behuzur bo‘lish kabilar salbiy munosabatning ko‘rinishidir.Inson
o‘zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy xolatlarni boshdan kechiradi. Agar u
xavf ostida bo‘lsa, qo‘rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish
va xarakatlari to‘g‘ri, unumli ro‘yobga chiqsa, quvonadi, ruhi ko‘tariladi. Demak,
shaxsda turli his-tuyg‘ularning vujudga kelish manbai uning ehtiyojlari, natijalari va
istaklaridir. Inson qanchalik ruhiy tetiklik bo‘lsa tibbiy yordamga ehtiyoji kam
bo‘ladi.
Toliqish – organizmning aloxida fiziologik holati bo‘lib, uzoq vaqt yoki zo‘r
berib ishlash natijasida paydo bo‘ladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan
ifodalanadi. Ob’ektiv jihatidan yomonlashuvida va miqdoriy kamayishida yuzaga
chiqadi. Sub’ektiv jihatidan toliqish odamning charchoq xis qilishi bilan ifodalanadi.
U qator fiziologik (diqqat funktsiyasining ѐmonlashuvi, mushak chidamining
pasayishi, ish bajarish bilan bog‘liq protsesslar koordinatsiyasining buzilishi) va
bioximiyaviy (qonda qand miqdorining pasayishi, sut kislota darajasining oshishi va
boshqalar) ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi.
Tibbiyotda toliqishning tabiatini tushuntirib beradigan qator nazariyalar mavjud.
Biroq tadqiqotlar bu nazariyaning asossiz ekanini ko‘rsatdi, chunki toliqish energetik
resurslar (glikogen) tugamasdan oldin ham yuz berishi mumkin.
Boshqa nazariya tarafdorlari (Veyxard va boshqalar) toliqishni organizmda
“toliqish zaharlari” hosil bo‘lishi bilan tushuntirganlar. Bu nazariya ham noto‘g‘ri
bo‘lib chiqdi, chunki intoksikatsiya hodisalari toliqmagan mushak ekstrakti
yuborilgan hayvonlarda ham paydo bo‘lgan. I.M.Sechenov birinchi marta
toliqishning his qilish manbai markaziy nerv sistemasidagina bo‘ladi, degan g‘oyani
baѐn qildi. I.P.Pavlov toliqishning asosiy sababi markaziy nerv tizimining funktsional
holatining o‘zgarishida – bosh miya po‘stlog‘ida deb hisobladi. Ishlash natijasida
bosh miya po‘stlog‘ida tarqalgan tormozlanish protsessi vujudga keladi, bu po‘stloq
hujayralarini holsizlanishidan saqlab turadi. Bu nazariya shuningdek shu qobiliyatiga
odamning emotsional xolati ta’sirini ham tushuntiradi (ruxlantiradigan so‘z,
musiqadan keyin, ishga qiziqish bo‘lganda va shu kabilarda toliqishning bartaraf
bo‘lishi). Toliqish, aftidan, butun organizm funktsional holatining o‘zgarishi bilan
izohlanib, bunda markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlarning roli yetakchi hisoblanadi.
O‘ta toliqish uchun bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, gunohkor bo‘lmasligi, arzimas
narsalarda achchiqlanish, xotiraning susayiishi, organizm odamning pasayib ketishi
xos. SHu munosabat bilan bizning mamlakatimizda ish kuni va ish haftasini
qisqartirib borish bo‘yicha olib borilaѐtgan tadbirkorning ahamiyati nihoyatda katta.
Ish davrlari bilan ular o‘rtasidagi tanaffuslarni navbatlashning oqilona sistemasi ham
katta ahamiyat kasb etadi.