Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu birlamchi qimmatli qog‘oz (aksiya, obligatsiya va h.k.)larning shu bozorda amal kilishi natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi qimmatli qog‘ozlardir.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasi shundayki, ular bo‘yicha javobgarlik, qimmatli qog‘ozlar bozorida, boshqa qimmatli qog‘oz - valyuta, indeks, protsent va tovarlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar tashkil etadi, bular uning bazisini tashkil etadi. Bunday instrumentlar muddatli bozorda moliyaviy xavf-xatarni sug‘urtalashga xizmat qiladi, bu bozorda xavf-xatardan kelib chiqadigan zararlar miqdori milliard dollarlarga teng.
O‘zining moliyaviy riskini cheklash uchun, opsion shartnomasiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Opsion shartnomalari yomon holatdan kelib chiqqan holda yo‘qotish mumkin bo‘lgan belgilangan summa havfini chegaralashga imkon beradi, uning yutug‘i esa chegaralanmagan opsion shartnomasi asosida turli xil aktivlar yotishi mumkin. Hozirgi paytda g‘arb mamlakatlari tajribasida opsion shartnomalar aksiyalar, indekslar, foizli qimmatli qog‘ozlar, valyuta, fyuchers shartnomalari va tovarlarga tuziladi.
“Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar” termini “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunning 3 moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari - o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar”.
O‘zbekistonda hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular muomalada bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo‘lishi haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari yotadigan hosila qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi mumkin. Mazkur hosila qimmatli qog‘ozlarning emissiya prospekti davlat ro‘yxatidan o‘tishi va belgilangan tartibda ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lishi lozim. Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti bu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qotozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Mazkur idoraning o‘zi HQQning emissiya prospektini tasdiklaydi. Agar hosila qimmatli qog‘ozlar bazis aktivining qiymati 1 mln. so‘mga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, emissiya prospektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi. qolgan holatlarda HQQ ushbu markazning hududiy mintaqalardagi bo‘limlarida davlat ro‘yxatiga olinadi.
Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini) tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.