Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan yoki opsionli bo‘ladi



Yüklə 66,47 Kb.
səhifə4/11
tarix11.05.2023
ölçüsü66,47 Kb.
#111572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-Mavzu Hosilaviy qimmatli qog\'ozlar bozori

Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan yoki opsionli bo‘ladi.
a) qat’iy belgilangan valyuta bitimi bu kelajakda aniq bir sanada bajarilishi shart bo‘lgan bitim.
b) opsionli valyuta bitimi bu mijozining xoxishiga ko‘ra yoki - bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo‘lgan davr ichida hohlagan amalga oshiriladi.
Forvard kursi spot kursidan forvard marjasi miqdoriga farq qiladi. Marja mukofot ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bunda forvard – kurs spot-kursdan yuqori bo‘ladi; yoki diskont (chegirma) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, bunda forvard kurs spot-kursdan past bo‘ladi. Asosan fovard valyuta bitimi to‘lovlarni sug‘urtalash uchun qo‘llaniladi.
Barqaror iqtisodiyot va kapitallarning erkin harakati sharoitida forvard bozoridagi narxlar foiz stavkalaridagi farqqa bog‘liq. Forvard kursi banklararo kredit bo‘yicha foiz stavkalari nisbatining spot kursga ko‘paytmasiga teng.
Bunda:
F = S*(1+Ra*T/360)/(1+Rb*T/360)

F - valyuta forvard kursi;


S - valyuta joriy (spot) kursi;
Ra, Rb - banklararo kredit bo‘yicha foiz tavkalari;
L - LIBOR stavkasi (banklararo depozit bo‘yicha London stavkasi).
Muddatli valyuta operatsiyalaridan yana biri bo‘lgan moliyaviy fyuchers bitimlari 70-yilda halqaro valyuta bozorida brinchi bor qo‘llanilishining o‘zidayoq keng tarqaldi. Bu aktivlarni bitim imzolanayotgan paytdagi narxlar bo‘yicha biror vaqt o‘tishi bilan oldi-sotdisidir.
Forvard operatsiyalaridagi valyuta kursi spot shartnomasi bo‘yicha kursdan farqlanadi. U mukofot va chegirma usuli bilan o‘rnatiladi. Mukofot forvard kursi spot kursidan ko‘pligini bildiradi. Forvard marjasi, ya’ni spot va forvard orasidagi farq jahon kapitali bozoridagi depozitlarning fond stavkalariga bog‘liq bo‘ladi. Depozit foizi kam davlatlarda valyuta kursi mukofot bilan, depozit foizi katta davlatlarda valyuta kursi chegirma bilan belgilanadi.
Kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi valyuta shartnomalaridan biri svop shartnomasidir. Bu shartnoma ikki valyuta savdo-sotig‘ini darhol amalga oshirish sharti (spot) va shu bilan birga unga qarshi muddatli shartnomani tuzishni anglatadi. Masalan, dollarni markaga spot shartida sotish va shu zahoti uni sotib olish bo‘yicha muddatli shartnomani tuzish yoki unga teskari operatsiya dollarni markaga sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo‘yicha muddatli shartnomani tuzish kiradi.
Forvard shartnomasi turlaridan biri opsion shartnomasidir. Opsion shartnomasining o‘ziga xos xususiyati bu sotib oluvchining valyutani emas, balki uni sotib olish huquqini sotib olishidir. Bunda sotuvchi ma’lum valyutani ma’lum miqdorda sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Sotib oluvchi esa shu miqdordagi valyu-tani sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmaslik huquqiga ham ega. U bu uchun sotuvchiga opsion mukofotini to‘laydi. Agar sotib oluvchi o‘z huquqidan foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko‘radi.

Yüklə 66,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin