3.Ipoteka krediti. Ipoteka qimmatli qog‘ozlari tasnifi va tavsifi
4. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda ipoteka bozori amaldagi holati
Tayanch so‘z va iboralar: Opsion, fyuchers, forvard, svop, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, varrant, konosament, valyuta svopi.
1 – savol bayoni:Hosila qimmatli qog‘ozlar (Hqq) - bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qog‘oz) sifatida aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi.
Eng umumiy ko‘rinishda hosilaviy moliyaviy vositalar (HMV) – bu ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlar bo‘lib, ularning qiymati ular asosida yotadigan ko‘rsatkichdan hosila hisoblanadi. Bunday ko‘rsatkich sifatida xomashyo yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi, aksiya yoki obligatsiyalar kursi, valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari, kredit hodisasining ro‘y berish ehtimoli, yog‘in-sochinlar miqdori va h.k. ishtirok etishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda hosilaviy vositalarni belgilash uchun boshqa atamalarni ham uchratish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri nemis va ingliz tillaridan o‘zlashtirilgan «derivat» yoki «derivativ» (kelib chiqishi lotin tiliga borib taqaladigan derivation – uzoqlashtirilgan, ajratilgan) atamalari keng qo‘llanadi.
Hosilaviy vositalar ko‘pincha muddatli shartnomalar deb ataladi, chunki ular o‘z shakli bo‘yicha shartnoma predmetini kelajakda yetkazib berish haqidagi bitimni ifodalaydi. Bitimlarni amalga oshirishning vaqt shartlari nuqtai nazaridan spot-bozorlar (boshqacha qilib aytganda, kassa yoki naqd pul bozori) va muddatli bozorlarni ajratib ko‘rsatish qabul qilingan. Hosila moliyaviy vositalarni tomonlarning majburiyatlarini ijro etish nuqtai nazaridan ikkita asosiy sinfga ajratish qabul qilingan: standart (boshqacha qilib aytganda – oddiy, yoki klassik) va ekzotik (nostandart) vositalar.
Muddatli bozor iqtisodiyotning endi jadal rivojlanayotgan yosh segmenti hioblanadi. Agar aniq aytadigan bo‘lsak, ushbu bozorning kelib chiqishi tadbirkorlikning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. 1751 yil Nyu-York oziq-ovqat birjasida uyushgan muddatli bozorning shakllanishi vujudga keldi. Birinchi muddatli birja – Chikago savdo palatasi (SVT) 1848 yil qishloq xo‘jalik mahsulotlariga fyuchers shartnomalari tuzilgan. Lekin jadal rivojlanish 1970-80 yillarga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, 1972 yil Halqaro tovar birjasi (IMM), Chikago opsionlar birjasining (CME) bo‘limidir. 1973 yil Chikago opsionlar birjasida (CBOE) opsionlar savdosi amalga oshirildi. London fond birjasi qoshida 1978 yil London bozorida sotilayotgan opsionlar (LTOM) bo‘limi ochildi. 1979 yil Nyu-York fyuchers birjasi ochildi (NYFE). 1982 yil London xalqaro moliyaviy fyucherlar tashkil etildi (LIFFE). Shu yili Filadelfiya fond birjasida (PHLX) muddatli shartnomalar bo‘yicha savdolar amalga oshirildi. Fransiyada 1985 yil moliyaviy fyucherslar shartnomalari Birjasi (MATIF). Yaponiyada birinchi shartnomalar 1985 yil amalga oshirila boshlandi. 1980 yillar muddatli bozorining yangi segmenti – svoplar bozori paydo bo‘ldi.