6.2.1- jadval
Ipoteka qimmatli qog‘ozlari tasnifi va tavsifi3
Ipoteka qimmatli qog‘ozlari turlari
|
O‘ziga xos xususiyatlari
|
Garov qog‘ozi (varaqasi, xati)
|
Egasi yozilgan va orderli qimmatli qog‘ozlar belgilarini o‘zida jamlagan, uzatuv yozuvlari orqali cheksiz muomalada bo‘lish xususiyatiga egaligi unga vekselning ayrim hossalarini beradigan emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozdir
|
Uy-joy sertifikati
|
Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan uy- joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta qurilayotgan uyda qurish uchun mablag‘ ajratilganligini tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozdir
|
Ipoteka obligatsiyalari
|
Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov ta’minoti bilan ta’minlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir
|
Ishtirok etish ipoteka sertifikati
|
Ipoteka ta’minoti umumiy mulkida o‘z egasining ulush huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozdir
|
Ko‘chmas mulk bozorida ipoteka qimmatli qog‘ozlari uy-joy qurilishini moliyalashtirish va bozor ishtirokchilari (xaridorlar, sotuvchilar, buyurtmachi va pudratchilar va x.k.) o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishni moliyalashtirish uchun bunday qimmatli qog‘ozlar chikarishda o‘z aksini topgan ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiyalashni rivojlantirish ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishga katta turtki bo‘ldi.
Garov hujjatlarining qimmatli qog‘ozlar sifatida muomalada bo‘lish xususiyati ulardan boshqa qimmatli qog‘ozlar – ipoteka qoplanadigan obligatsiyalar emissiyasida ta’minot sifatida foydalanishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |