Hozir va kelajakda



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#168811
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'ruza taqdimoti (1)

1.2 rasm. 
Paster ishlatgan
bo‘yinchali tajriba kolbasi.
U bu vaksinalarni insonlarda sinab ko‘rishni hohlamagan, chunki
uning tasirida insonlar o‘limiga sabab bo‘lishi va bunga aybdor
bo‘lib qolishidan xadiksiragan. Lekin uning laboratoriyasida Modam
Meister o‘zining 9 yoshli o‘g‘li Jozef bilan paydo bo‘lganda, u
shunday qilishga majbur bo‘lgan. Jozef 2 kun oldin quturgan it
tomonidan shikasilangan bo‘lib, vaksinasiz uning o‘lishi aniq edi.
YUragida hadik bilan Paster bolani davoladi.


U sog‘ayib, o‘zining keyingi hayoti davomida Paster Institutida
ishlaydi. Jozef Meisterning Pasterni qahramonidek ko‘rib, unga sodiq
bo‘lgan. 1940-yilda nemislar Fransiyani bosib olgan vaqtda bir voqea
bo‘lgan edi. Ular Pasterni Bonn Universitetining unvonini olishiga
to‘sqinlik qilganlar. Davolangandan 50 yil o‘tgandan keyin, Meister
o‘zining qutqaruvchisining qabrini ochib, o‘z hayotiga suiqasd qilgan.
Biz “fundamental” va “hozirgi” ilm-fan afzalliklari haqidagi fikrlar
bahsi asrida yashayapmiz. Bazilar fundamental sanalgan ilm-fan - eng
yaxshi ilm-fan davri deb sanaydilar. Boshqalar izlanishlar aniq bir
muammoni hal qilmasa, unga haq to‘lash zarur emas deb ko‘rsatadilar. Lui
Pasterning ushbu so‘zlarini esda tutish kerak: “Ilm-fanni amaliy fanlar deb
atash ham mumkin. Ilm va uni amaliyotda qo‘llash kabi tushunchalar
mavjud bo‘lib, u daraxt va uning mevasi kabidir”.
3
Napoleon o‘z qo‘shinini evropa bo‘ylab safari davomida ozuqa bilan
ta’minlashga muhtoj bo‘lib qoladi, shunda ovqatni saqlay olgan har kimga
mukofot berishini taklif qiladi. 
Nikolas Appert
oziq-ovqat mustahkam
yopilgan konteynerlarga joylashtirilib qizdirilsa, ya’ni konservalansa, 
aynimasligini aniqlagani uchun o‘sha mukofotga sazovor bo‘ladi. 


Shunday qilib, hech qanday mikrobiologiyaga oid bilimsiz konservalash
kashf qilindi. Haqiqatdan ham, 1900- yilgacha konservalash jarayoniga oid
matematik asoslar rivojlanmagan edi.
Robert Kox
mikrobiologiyaning buyuk vakilidir. 1800-yilning oxirlarida,
u bakteriya kasallik keltirib chiqarishini isbotlovchi mezonlarini tashkil qildi.
“Koxning farazlari”ni isbotlash uchun kimdir kasallangan hayvondan sof
holatda shubhali bakteriyalarni ajratib olishi (I), sog‘lom hayvonga
bakteriyani joylashtirib uni kasallantirishi (II), va endigina zararlangan
hayvondan bakteriyani qayta ajratib olishi kerak edi (III). Bunday yondoshish
shu darajada mukammal ediki u haligacha kasallik mikrobdan kelib
chiqqanligini isbotlash uchun foydalanib kelinadi. Mikrobiologiya sof
holdagi yakka bakterial turlari borasidagi izlanishlarga asoslanib qoladi.
Afsuski, aksariyat mikroblarni o‘stirib bo‘lmaydi, va ular tabiatda sof holda
emas balki jamiyat a’zolari sifatida mavjuddirlar. Koxning laboratoriyasidagi
yana
ikkita
yangiligi
hamon
biz
bilan
birga.
Yulius
Petri,
Kox
laboratoriyasidagi
yordamchi,
Koxning
qoplama
usulining
kichik
modifikatsiyasi
sifatida
petri
plastinasini
kashf
qildi.
Koxning
laboratoriyasidagi ishchilar qoplama usulida foydalanilgan jelatin tufayli tez
tez umidsizlikka tushishar edi.


.
Harorat juda illiq bo‘lganida jelatin qotmas va ayni bir organizmlar
(jelatinni kamaytiradigan fermentlarni ishlab chiqaradigan) tomonidan
eritilgan bo‘lar edi. Uolter Xesse, havodagi zararli bakteriyalarni o‘rganish
maqsadida Kox laboratoriyasiga qo‘shilgan fizik, o‘z umidsizligini rafiqasi
Fenni bilan bo‘lishdi. Xesse xonim yillar mobaynida agarni murabbo va
jelelarni quyiltirish uchun ishlatib kelgan va agarni laboratoriyada sinab
ko‘rishlarini maslahat beradi. Hikoyaning qolgan qismi sizga ma’lum.
4
20- asrga kelib mikrobiologiya fani gurkirab rivojlana boshladi. Bunga
asosan uch narsa sabab bo‘ldi. Birinchidan, fizika, kimyo va texnika
fanlarining rivojlanishi bilan mikroorganizmlarni o‘rganish uchun ko‘pgina
yangi usullar paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, 20- asrning 40-yillariga kelib,
mikroorganizmlar amaliyotda keng qo‘llana boshlandi. Uchinchidan,
mikroorganizmlarni irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik birikmalarning
biosintezi, moddalar almashinuvining muvozanati va boshqa muhim
biologik muammolarni echishda qo‘llana boshlandi.
20-asrning birinchi yarmi “an’anaviy” ozuqadagi patogenlarning kashf
qilinishi bilan muhrlanib qolgan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin