Hozir va kelajakda


Mikrobiologiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#168811
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'ruza taqdimoti (1)

Mikrobiologiyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Mikrobiologlar,
bioximiklar,
biofiziklar,
matematiklar
va
muhandislarning astoydil mehnati tufayli mikroblarni inson ehtiyojlari uchun
xizmat qilishga o‘rgatishga erishildi.
Hozirgi vaqtda tinimsiz yordamchilarimiz - mikroorganizmlar fabrika va
zavodlarda, qishloq xo‘jaligida va ro‘zg‘orda tolmay ishlab katta naf
keltirmoqda. Mikroorganizmlar yordamida ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarilmoqda, organik kislotalar, aminokislotalar, oqsillar, yog‘lar va
boshqa qimmatli birikmalar hosil qilinmoqda.
Har kuni yuzlab m
3
yonadigan gazlar go‘ngdan, o‘simliklarning organik
qoldiqlaridan havosiz sharoitda ajralib chiqib turadi. Bu yoqilg‘i bekordan-
bekor yo‘qolib ketmasligi uchun metan qurilmasi yordamida yig‘ib olish
mumkin. Hajmi 100 m
3
kamera, sutkasiga 80-100 m
3
gaz beradi. 1 tn
go‘ngdan 800 m
3
gaz yoqilg‘isini olish mumkin. Undan tashqari, o‘g‘it
o‘rnida go‘ngning sifati ancha yaxshiroq bo‘ladi. Har bir jamoa xo‘jaliklarida
tekin yonilg‘i olish mumkin.


Tibbiyotda ham mikroorganizmlar keng qo‘llanadi. Masalan: indikator
mikroblar yordamida nasl kasalligini aniqlash, turli antibiotik va boshqa
dori- darmonlar olish, sut kislotali bakteriyalarning quritilgan hujayralarini
odam va hayvonlardagi ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlarni qo‘llash tez rivojlanmoqda,
ayniqsa
chorvachilik
uchun
ko‘p miqdorda mikrobiologik sintez
mahsulotlari zarur. O‘simlik va o‘rmonlarning zararkunandalari bo‘lgan
hashoratlar va ularning lichinkalariga qarshi mikrobiologik yo‘l bilan
kurashish qishloq xo‘jalik mikrobilogiyasining yangi yo‘nalishlaridan
biridir. O‘zining toksinlari bilan bu zarakunandalarni o‘ldiradigan bakteriya
va mog‘orlar topilishi bilan, bu preparatlarni ishlab chiqarish ham yo‘lga
qo‘yildi.
Mikrobiologiya sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan oziq-ovqat,
go‘sht, sut sanoatida va sanoatning boshqa tarmoqlarida yil sayin tobora
ko‘proq foydalanilmoqda.


Mikroorganizmlarni
faqat
foydali
yoki
faqat
zararliga
ajratib
bo‘lmaydi, chunki ularning faoliyatini baholash, ular yuzaga chiqadigan
sharoitga bog‘liq. Masalan, selyulozaning mikroorganizmlar ta’sirida
parchalanishi o‘simlik qoldiqlarida yoki oshqozon traktida ovqat hazm
bo‘lishida (odam va hayvon selyulozani oldindan mikrob fermenti -
sellyulaza
bilan gidroliz qilmasdan hazm qila olmaydi) zarur va
foydalidir. SHu bilan birga selyulozani parchalaydigan mikroorganizmlar
baliq ushlaydigan to‘rlarni, kanatlarni, karton, qog‘oz, kitoblarni, paxta
qog‘ozli matolarni parchalaydi.
Hatto kasal keltiruvchi mikroorganizmlarni ham butunlay zararli deb
bo‘lmaydi, chunki ulardan odam va hayvonlarni turli kasalliklardan
saqlovchi vaksinalar tayyorlanadi. Oqava suvlarni tozalashda ham
mikroorganizmlarning ahamiyati kattadir (oqava suvlardagi moddalarni
mineralizatsiyalash).

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin