Mikrobiologiyaning tabiatdagi ahamiyati
Mikrobiologiya nisbatan yosh fandir. XX asr o‘rtalariga kelib ravnaq
topdi. Bunga texnika, kimyo, fizika, matematika, genetika va boshqa
fanlarning rivojlanishi sababchidir. Mikroorganizmlar juda kichik bo‘lsada,
ularning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Tabiatda moddalar almashinuvida
aktiv ishtirok etib, tuproq unumdorligini oshirishda, suv havzalarining
unumdorligida, foydali qazilma boyliklarini zaxirasi hosil bo‘lishi va
parchalanishida asosiy vazifani mikroorganizmlar bajaradi. Hayvon va
o‘simliklaring organik qoldiqlarini mikroorganizmlar minerallashtirish
xususiyati esa tabiatda juda muhimdir.
Yashil
o‘simliklar
organik
birikmalarga
o‘tkazgan
uglerodni
mikroorganizmlar minerallashtirib, karbonad angidridning (SO2) fotosintez
jarayonida
to‘planishi
va
organik
moddalarning
minerallashishi
muvozanatini saqlaydi.
Yashil
o‘simliklarning fotosintez faoliyati shu qadar kattaki,
atmosferada SO
2
40 yil mobaynida tugab qolishi mumkin. Ammo uni mikro-
organizmlar va hayvonlar to‘ldirib turadi. Hayot uchun kerakli azot, fosfor,
oltingugurt
va
boshqa
elementlarning
ham
tabiatdagi
aylanishida
mikroorganizmlar qatnashadi.
Bizning planetamizda mikroorganizmlarning protoplazmasini umumiy
og‘irligi hayvonlarning massasidan bir necha bor ko‘proqdir.
Mikroorganizmlarning erdagi vazifalari orasida asosiy vazifa, ularning
tabiatda moddalarni, ayniqsa uglerodning aylanishidagi ishtirokidir. Hamma
tirik organizmlar 100 foiz karbonat angidrid chiqarsa, mikroorganizmlar
uning 95 foizini hosil qiladi.
Mikroorganizmlarda bo‘lgan jadal modda almashinuvini quyidagi misol
bilan ifodalash mumkin. 500 kg vaznga ega bo‘lgan qoramol tanasida 1
sutkada 0,5 kg oqsil hosil bo‘lishi mumkin. 500 kg achitqilar esa shu vaqt
ichida 5 t oqsil sintez qiladi, bu demak 10000 marta ko‘proqdir. Undan
tashqari, mikroorganizmlar hosil etgan oqsil kerakli aminokislotalardan
tashqari, turli vitaminlarga boy. Hayvonlar oqsilni o‘simliklar hisobiga
yaratsa, mikroorganizmlar - eng arzon sanoat chiqindilaridan sintez qila
oladi.
Mikroblar erda 3,5-4 mlrd yil avval paydo bo‘lgan. Ular eng qadimiy
tirik organizmlardir. Ko‘zga ko‘rinmas mehnatkashlar - mikroorganizmlar
erdagi organik qoldiqlarni parchalab tuproqning unumdorligini oshirgan.
Toshko‘mir, sanropel jinslar, asfaltlar, neft, tabiiy gazlar, tog‘ mo‘mlari,
yonuvchi slanetslar, torf hosil bo‘lishida ishtirok etganlar.
Ba’zi mikroblar odamlarga ko‘pgina zarar keltiradi: odamlarda,
hayvonlarda va o‘simliklarda kasalliklarni vujudga keltiradi, oziq-ovqat
mahsulotlarini
buzadi,
aynitib
yuboradi.
Binokorlik
materiallarini
parchalaydi, metallarda korroziya hosil qiladi va hokazo. Shunday hodisalar
ham bo‘lganki samolyotlarning po‘lat va alyuminiy qismlarida mog‘orlar
organik kislotalar chiqarib, mayda chuqurchalar hosil qilgan. Ba’zan
vodoprovod trubalarida temir bakteriyalari ko‘payib, trubalarni to‘sib
qo‘yadi. Tosh, granit, bazalt ham mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadi.
Mikroorganizmlar yog‘och, gazlama, oziq-ovqatlarni buzadi.
Tabiatning mantiqqa zid qoidasi bor: organizmlar qanchalik kichik
bo‘lsa, ular shu qadar unumli ishlaydi. Tirik mavjudodlarning o‘sish va
ko‘payish energiyasi va ular hosil qiladigan massasi ana shu organizmlarning
hajmlariga teskari proporsionaldir. Tabiat qonuni ana shunday.
Organizm naqadar kichik bo‘lsa, u shu qadar tez rivojlanadi va
ko‘payadi, u vaqt birligi ichida nihoyatda ko‘p jonli moddalarni hosil qiladi.
Aksincha, organizm hajm jihatidan naqadar katta bo‘lsa, u shu qadar sekin
o‘sadi va ko‘payadi.
Bu qonunni uy hayvonlari, ular tanasining tirik massasining umumiy
oshib borishi misolida ko‘rib chiqaylik.
|