Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari


Pedagogik muloqot – o’qituvchining ijodiy faoliyatini va tashabbuskorligini namoyon etuvchi xususiyat



Yüklə 263,18 Kb.
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü263,18 Kb.
#204936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Padagogik mahorat

Pedagogik muloqot – o’qituvchining ijodiy faoliyatini va tashabbuskorligini namoyon etuvchi xususiyat

Pedogogik muloqot o`qituvchining ijodiy faoliyatini va tashabbuskorligini namoyon etuvchi xususiyati


Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi[1]. Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an’analari va urf-odatlari ham ta’sirini ko’rsatadi. "An’ana" arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan - avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf - odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Xalqimizning ilg’or an’analarini o’zlashtirish, unga rioya qilish va boyitib borish lozim. Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma’rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "SHarqona" tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Xalq og’zaki ijodimiz ham bolalarda turli axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi.
SHarqona munosabatda ota - onaga hurmat bilan qaralishi, oilada otani o’rni alohida bo’lganligi, ota -onaning gapini ikki qilmaslik, ota - onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimz mumkin. YOki ustozga hurmat bilan qarash kabi xislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Muloqotda turli xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan afsona, rivoyat, ertaklar, maqollar va hikmatlardan foydalanish ham kishini muomala madaniyatni kuchaytiradi va ikkinchidan katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi.o’quvchiga yangi ma’lumot berish yoki fikr almashish; o’qituvchi bilan o’quvchilarning bir – birlarini o’zaro bilishlari; bir – birlarining hulqlarini tuzatish va boshqarish; muloqot har bir ishtirokchisi shaxsining imkoniyatlarini ochish va undan foydalanish, ularning o’z oldilarida turgan muammolarini o’zlari mustaqil hal etishlari; o’qituvchi shaxsiy fikrining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi; muloqot ishtirokchilarining bir – birlaridan qanoat hosil qilganliklari va xakozo. Pedagogik muloqotning boshqa jihati – uning vositalari va usullaridir:
Vositalar tashkil etuvchi, baho beruvchi, intizomga undovchi (instruksiya, intizomini baholash va tanbeh berish) bo’lishi mumkin. Adabiyotlarda o’qituvchi, o’z ishining ustasi ekanligi ta’kidlanib, intizomga undovchi vositalarga nisbatan tashkiliy ta’sir ko’rsatishga ko’proq yondashiladi. Ha, umuman, bunday o’qituvchida ta’sir ko’rsatishlar soni hamkasbdoshlariga qaraganda ancha kam, bu esa uning darslarida o’quvchilar uchun «kommunikativ fazo» bo’shab qoldi, demakdir.
Muloqot usuli sifatida shakllangan uslub amalda o’zining uchta shakli bilan namoyon bo’ladi: bilimlarni egallashda o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikda hamkorlik qilishlari (demokratik uslub), o’qituvchining o’quvchilarga tazyiq o’tkazishi va ularning aktivligini ro’yobga chiqarmasliligi (avtoritar uslub), o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan neytral munosabatda bo’lishi va uning hal etilayotgan masaladan chetga chiqishi (liberal uslub);
1. Muloqotdagi vaziyat bir xil o’zaro harakatni («yonidan» moslashish), boshqa ishtirokchiga tazyiq o’tkazishni («yuqoridan» moslashish), boshqa ishtirokchiga muvofiqlashishni («quyidan moslashish) o’z ichiga oladi.
2. Muloqotda emotsional tus berish xarakteri neytral hol orqali ijobiydan salbiygacha o’zgaradi. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfda ma’lum iqlimni yaratadi.
3. yetuk pedagogik muloqot o’qituvchining - o’z-o’zini, muloqot jarayoni va natijalarini nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
4. To’g’ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o’qituvchida tanlangan vositalarni vazifa va sharoitlarga muvofiqligining o’lchovi sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi.

O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi




REJA:

  1. O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi

  2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati

  3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta'siri

  4. Pedagogik muloqotning o'ziga xos xususiyatlari va funksiyalari

  5. O'qituvchi va o'quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.



Yüklə 263,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin